ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.09.2025 yildagi 573-son

Nizom Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrotarozi”, “Hosil qabuli” va “AgroDocs” axborot tizimlari orqali paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibini belgilaydi.

Foydalanuvchi internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayt orqali “Agrotarozi” va “Hosil qabuli” ATlari imkoniyatlaridan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Foydalanuvchilar “Agrotarozi” ATdan ro‘yxatdan o‘tishda axborot tizimidan foydalanish shartlarini qabul qilish bo‘yicha elektron shaklda shartnoma imzolaydi.

Paxta va don tovar-transport yuk xati asosida qabul qilinadi.

Xo‘jaliklar bitta yuk xati bilan barcha sifat ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lgan paxta va donni topshirish uchun yuborishlari kerak, yaʼni:

bitta seleksiya, sanoat navi va sinfiga oid;

avlodi va dala guruhi bir xil urug‘lik paxta va don.

Paxta qabul qilish kuni soat 24:00 da yakunlanadi va kunlik hisobotlar fizik vaznda yuritiladi.