ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasida suv xoʻjaligi balanslarini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.08.2025 yildagi 545-son

Nizom O‘zbekistonda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.

Suv xo‘jaligi balanslari quyidagi turlarga ajratiladi:

daryolar havzalarining suv xo‘jaligi balanslari;
irrigatsiya tizimlari havzalarining suv xo‘jaligi balanslari;
iqtisodiy mintaqalar (hududlar) suv xo‘jaligi balanslari;
O‘zbekiston Respublikasining yagona suv xo‘jaligi balansi.

Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar suv xo‘jaligi balanslarini tuzish, uni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Suv xo‘jaligi balanslari suv resurslarining mavjud miqdori, suvga bo‘lgan talab, suv resurslari taqsimoti, ularning taqchilligi yoki ortiqcha miqdorini ko‘rsatadigan jadvallarda ishlab chiqiladi.

Suv xo‘jaligi balanslarini tuzish bo‘yicha maʼlumotlar elektron onlayn shaklda yuritiladi va ularning bazasi shakllantirib boriladi.