ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.07.2025 yildagi O‘RQ-1077-son

Qonun bilan ayrim qonunlarga o‘zini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qo‘shimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi:

o‘z vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;

qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham o‘sha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;

har chorakda “hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida masala kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.