Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.07.2025 yildagi PQ-239-son
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2025 yil 3 fevral kuni Ammon shahrida imzolangan.
Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.