ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.07.2025 yildagi O‘RQ-1076-son

Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Kodeksga ko‘ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.

Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

O‘zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;

O‘zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o‘tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.

Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin.

Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. 

Kodeksga ko‘ra, suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarga asosan foydalanishga beriladi.

Suv obyektidan vaqtincha foydalanish muddati 3 yildan kam bo‘lmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak.

Suvdan umumiy foydalanish jumlasiga quyidagilar kiradi, jumladan:

o‘zining ichimlik va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlari uchun suv olish;
cho‘milish;
chorva mollarini sug‘orish;
sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash.

Suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Suvdan maxsus foydalanish Kodeksda belgilangan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, suv servituti quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin, jumladan:

suvdan umumiy foydalanish;
fuqarolar va transport vositalarining o‘tishi;
hayvonlarni sug‘orish va chorva mollarini haydab o‘tish;
sohil bo‘yi zonalaridan erkin foydalanishni va undan o‘tishni taʼminlash.

Suv servituti ommaviy va xususiy suv servituti shaklida bo‘lishi mumkin.