ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Geografik obyektlarga doir ayrim munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.07.2025 yildagi 475-son

Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.

Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;

2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;

3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.

Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.

Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.