ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.06.2025 yildagi O‘RQ-1071-son

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni shaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlash elektron raqamli imzoga tenglashtirildi. 

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari "Suv hisobi" axborot tizimi va ushbu sohadagi vakolatli organlarning maʼlumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari hisobidan hisobga olish tartibi yana-da soddalashtirildi.

Unga ko‘ra, boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish soliq to‘lovchining yozma yoki elektron arizasiga ko‘ra soliq organlari tomonidan 3 kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.