ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Turizm obyektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy taʼsiri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq koʻrsatiladigan xizmatlarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.06.2025 yildagi 385-son

Nizom o‘z faoliyatida chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishda tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorlar o‘rtasida “Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Turizm qo‘mitasi har yili 1 iyulgacha tanlovni o‘tkazish haqida o‘z rasmiy sahifalarida eʼlon beradi.

Tanlov har yili sentyabr - noyabr oylarida quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

hududiy saralash bosqichi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;

respublika yakuniy bosqichi - hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari o‘rtasida respublika miqyosida.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorlarda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - BHMning 150 baravari;

2-o‘rin - BHMning 100 baravari;

3-o‘rin - BHMning 50 baravari.