Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Umumiy oʻrta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.04.2025 yildagi 264-son
Qarorga ko‘ra, 2026 yildan har 2 yilda 1 marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi;
pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi.
Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
“Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;
“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.
Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln so‘m) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.