ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.04.2025 yildagi 256-son

Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga YAIDXP (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilgan yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida maʼlumotlar olish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ushbu sohada vakolatli organ hisoblanadi. 

Reglamentga ko‘ra, Nomoddiy madaniy meros namunalarini: 

milliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ilmiy-metodik kengash tomonidan;

mahalliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi maʼlumotnoma beriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.