ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.03.2025 yildagi PQ-124-son

Qarorga ko‘ra, mamlakatimizda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Bunda Ramazon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi hamda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. 

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

29 mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

30 mart (yakshanba) – Ramazon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

31 mart  (dushanba) – ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.