Qarorga ko‘ra, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4,8 mingta hisoblagichlarni hamda 2,8 mingta telemetriya tizimlarini o‘rnatish hisobiga ishlab chiqarilgan ichimlik suvining aniq hisobini yuritish;
12,7 mingta suv inshootlari hamda 80 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarining raqamli xaritasini (GIS) joriy etish orqali infratuzilmani yangilash ishlari samaradorligini oshirish;
5,1 million isteʼmolchini qamrab olgan billing tizimini takomillashtirish, suv taʼminoti korxonalari moliyaviy hisobotining xalqaro standartlariga o‘tish va konsolidatsiyalashgan hisob-kitobini yuritish;
respublika va 14 ta hududiy suv taʼminoti korxonalarida yagona situatsion markaz tashkil etish orqali avariyalarni tezkor bartaraf qilish tizimini joriy etish.