Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.02.2025 yildagi O‘RQ-1038-son
Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jinoyat ishlari bo‘yicha tergovni yuritish borasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bundan tashqari Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Byudjet kodekslariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.