Farmonga muvofiq:
1) 2025 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturining (Dastur) asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
hududlarda jami 8,1 million m2dan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish;
ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat byudjetidan 2,5 trillion so‘m yo‘naltirish;
uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun 20,9 trillion so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratish;
“Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan taʼminlash uchun Davlat byudjetidan 700 milliard so‘m hamda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 3,0 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish;
2) 2025 yilda “Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi;
3) 2025 yil 1 martdan «Yangi O‘zbekiston» massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda tanlanishi belgilandi:
massivning tuman (shahar) markazida yoki unga yaqin (2 kilometrgacha) bo‘lgan yaxlit bitta hududda joylashganligi hamda ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholining uy-joyga talabi mavjudligi;
massivning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalari bilan taʼminlanganligi yoki mavjud infratuzilmalarga yaqinligi;
massiv tashkil etilmoqchi bo‘lgan hududda kamida 70 ming kishi istiqomat qilishi va boshqalar;
4) 2025 yil 1 maydan “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagi tartib o‘rnatildi, unga muvofiq:
a) yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolarida qatnashish, ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;
b) yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko‘rsatiladi va boshqalar;
5) 2025 yil 1 martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etishning quyidagi tartibi joriy etildi, unga muvofiq:
a) renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi;
b) mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:
buzilayotgan turarjoy obyektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash;
buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish;
renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiyani taqdim etish.