Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.02.2025 yildagi PQ-52-son
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tasdiqlandi.
Shartnoma 2024 yil 27 may kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.