ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.02.2025 yildagi 78-son

Nizom o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

umumiy o‘rta taʼlim muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari;

umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi;

tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etish asoslari;

umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy o‘rta taʼlim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.

Kasb to‘garaklariga kasbga qiziqishi bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.

2025 yildan 8-sinf o‘quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

2024/2025 o‘quv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.