ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.02.2025 yildagi 72-son

Nizom yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan kasaba uyushmalarining bo‘linmalari alohida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Bo‘linma va boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.

Bo‘linmani va boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish uchun yig‘im undirilmaydi.

Bo‘linma yoki boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovnoma ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

So‘rovnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan bo‘linmani yoxud boshlang‘ich tashkilotni hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan hisobga qo‘yilgan bo‘linmalar va boshlang‘ich tashkilotlar reyestri yuritiladi.