Unga ko‘ra, nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
ishlab chiqarilgan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini hisobga olish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini saqlash, tashish va ulgurji sotish hisobini yuritish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishni nazorat qilish.
Mazkur nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslarga;
isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari uchun texnik reglamentda nazarda tutilgan mahsulotlarga.
Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan isteʼmol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar (korxonalar) ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni amalga oshirishlari shart.
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining hisobini yuritish mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy xomashyolar kirimidan boshlab, tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga joylashtirish va realizatsiya qilish jarayonlarini qamrab olishi lozim.