Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;
o‘quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo‘shma taʼlim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.
Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.
2025/2026 o‘quv yilidan Universitetda taʼlim jarayoni taʼlim sohasida xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan, shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.
Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.