ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 29.11.2024 yildagi PQ-408-son

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan belgilangan tartib va ro‘yxatga asosan quyidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat xaridini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi:

original dori vositalari (ularning ishlab chiqaruvchisi yoki rasmiy yetkazib beruvchisi orqali);

yopiq turdagi laboratoriya uskunasi uchun maxsus reagent, reaktiv va sarflov vositalari;

shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar.

“O‘zmedimpeks” va “Tibbiyot texnikalariga xizmat ko‘rsatish o‘quv-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasalari negizida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Xaridlar markazi hamda Markazning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti sog‘liqni saqlash tizimida dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining qonuniyligi va maqsadliligini taʼminlash, ularning manzilli yetkazilishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatadi.