ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 04.12.2024 yildagi O‘RQ-1009-son

Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to‘ldirilmoqda

Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.