ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.09.2024 yildagi PF-151-son

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi;

Agentlik huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi.

2024 yil 1 oktyabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.

2024 yil 1 oktyabrdan yangi bog‘larni barpo etishni Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;

bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;

bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;

bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.

 Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:

iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida intensiv bog‘ va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani qabul qiluvchi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bog‘ va tokzorlar deb xulosa berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida yangi bog‘ yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bog‘ va tokzorlar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i 3 baravarga oshiriladi;

tashabbuskorlar yangi bog‘larni barpo etishda o‘z ehtiyojlari uchun xorijiy davlatlardan belgilangan ro‘yxatdagi payvandtagli mevali ko‘chatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlaridan ozod etiladi.

2024 yil 1 dekabrdan fermer va dehqon xo‘jaliklarining nufuzini oshirish, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga ko‘maklashishga qaratilgan “meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash” tizimi joriy etiladi.

Agentlik meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlar, issiqxona xo‘jaliklari hamda Agentlik manfaatlarini ko‘zlab sudga kiritilgan daʼvolar va shikoyatlar yuzasidan davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.