ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 29.08.2024 yildagi O‘RQ-950-son

Unga ko‘ra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qatʼi nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi taʼminlanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.