Рус
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Kreativ iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.08.2024 yildagi PQ-301-son
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 2–4 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani o‘tkaziladi.
Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
O‘zbekistonda 2030 yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025–2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Butunjahon anjumani doirasida Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros obyektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari o‘tkaziladi.