ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 02.07.2024 yildagi O‘RQ-935-son

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchaga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Bunda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari etib belgilandi.

Bundan tashqari “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari etib belgilandi.