Qarorga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo‘llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi:
qo‘llab-quvvatlash choralari “V” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
“AAA” toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi;
“AA” toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi;
“A” toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi;
“VVV” toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi;
“VV” toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi;
“V” toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi;
qo‘llab-quvvatlash choralari ro‘yxatdan o‘tganiga 6 oy bo‘lmagan, shuningdek, Prezident Farmoniga muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi;
tadbirkorlarning reyting darajasi:
pasaygan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
yuqorilagan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.
2025 yil 1 yanvardan “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini o‘z ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi.