ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Advokatura toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 27.12.1996 yildagi 349-I-son

Qonun 17 ta moddadan iborat.

 

1. Advokatura — huquqiy institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi.

2. Advokat

Oliy yuridik maʼlumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.

Advokat quyidagilardan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas:

ilmiy va pedagogik faoliyat;

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;

patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;

shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;

hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat;

sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat (fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish bo‘yicha advokatlik faoliyati uchun litsenziya olgan advokatlar uchun).

3. Advokatlik firmasi

Advokatlik firmasi sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuzilmasidir.

4. Advokatlik faoliyatining turlari

Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida advokat:

huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan og‘zaki va yozma maʼlumotnomalar beradi;

huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;

fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlari hamda maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;

jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;

tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatadi.

Hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi.

Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko‘rsatishi mumkin.