ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy taʼminotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2021 yildagi PF-6224-son

Farmonga muvofiq:

1) 2022 yil 1 maydan  1941 – 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda –  3 080 000 so‘m etib belgilandi;

2) Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.