Farmonga muvofiq:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi va ayrim hujjatlariga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritilishi belgilandi;
2) 2021–2023 yillarda davlat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» va Davlat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish sxemasi tasdiqlandi;
3) Oliy Majlis palatalari va Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatoriga muvofiq tizimlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullandi;
2022–2025 yillarda normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari bo‘yicha tizimlashtirish dasturi (Dastur) hamda sxemasi tasdiqlandi;
4) Adliya vazirligining qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish borasidagi quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:
Dasturda belgilangan tadbirlar doirasida qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish, shuningdek, zaruratga ko‘ra yangi hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
masʼul davlat organlariga ushbu Farmonda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda metodik yordam ko‘rsatish;
qonunchilik sohalarini tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish doirasida yangi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlar tuzish;
ishchi guruhlarga davlat organlari, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar rahbariyati roziligi bilan xizmat vazifalaridan ozod etgan holda xodimlarni jalb qilish;
ushbu Farmonda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida maʼlumotlarni so‘rash va olish;
mazkur sohada xalqaro-huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va yana-da mustahkamlash, xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarni jalb etish.