Qonun 11 ta bob va 75 ta moddadan iborat.
1. Qonunning maqsadi:
Taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.
2. Taʼlim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha taʼlim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim;
professional taʼlim;
oliy taʼlim;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari taʼlim.
3. Taʼlim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual taʼlim;
oilada taʼlim olish va mustaqil taʼlim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga taʼlim berish;
inklyuziv taʼlim;
eksternat tartibidagi taʼlim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
4. Akkreditatsiya qilingan taʼlim tashkilotlarining davlat taʼlim standartlariga va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi.
5. Litsenziyalar nomuayyan muddatga, taʼlimning quyidagi turlari uchun alohida beriladi:
maktabgacha taʼlim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha taʼlim mustasno);
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim;
professional taʼlim;
oliy taʼlim;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha, umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlariga, davlat taʼlim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
7. O‘rta maxsus, professional, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlarni beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlariga, davlat taʼlim talablariga, shuningdek taʼlim dasturlariga muvofiqlik jihatidan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.