ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son

Farmonga muvofiq:

1) O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (Konsepsiya) tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutilishi belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

o‘qitish metodikasini takomillashtirish, taʼlim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

xalq taʼlimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

xalq taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan taʼminlashning samaradorligini oshirish;

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taʼminlashda maktabdan tashqari taʼlimning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat taʼlim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

xalq taʼlimi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish;

2) Konsepsiyani 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si tasdiqlandi va uni moliyalashtirish manbalari belgilandi.