ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.08.2004 yildagi 660-II-son

Qonun 5 ta bob 24 ta moddadan iborat.

1. Qonunning maqsadi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.

2. Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, yuridik shaxslarga, ularning filiallari hamda vakolatxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlariga nisbatan tatbiq etiladi.

3. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish;

4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:

maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;

ichki nazorat;

mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;

tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar.

5. Qonun bilan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar va tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar belgilangan.

6. Shuningdek, maxsus vakolatli davlat organi va uning vakolatlari belgilangan.

7. Bundan tashqari Qonunda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni olish tartibi belgilangan.