1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilishda ishlatiladigan metall prokati ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ichki bozorda sotiladigan mahalliy va importdan keltirilgan metall prokati sifatining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini taʼminlash orqali respublikada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini hamda koʻp qavatli bino va inshootlar qurilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
1. Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
a) induksion pechlarda qurilish uchun metall prokati ishlab chiqarish korxonalariga quyidagi bajarilishi shart boʻlgan asosiy talablar joriy qilinadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
induksion pechda poʻlat erigandan soʻng poʻlatni kompleks qayta ishlaydigan agregatda ishlov berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
ishlab chiqarish korxonalarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining mavjud boʻlishi hamda ushbu laboratoriyada eritilgan poʻlat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkazish;
b) mazkur qarorning 2-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan asosiy talablarni bajargan korxonalarga qurilish uchun moʻljallangan tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega metall mahsulotlarini induksion pechlarda ishlab chiqarish va uni qoʻllashga komissiyaning xulosasiga asosan ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bir oy muddatda komissiya tomonidan korxonalarning metall mahsulotlarini induksion pechlarda ishlab chiqarish uchun ruxsat olish boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi):
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
2021-yil 10-oktabrga qadar induksion pechlardan foydalanib qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokatiga qoʻshimcha joriy etilayotgan talablarni inobatga olib, tegishli sertifikatlashtirish tizimi qoidalari va “Qurilishda qoʻllaniladigan, qora metalldan tayyorlangan metall mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi maxsus texnik reglamentga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda induksion pechlarda qurilish uchun metall prokatini ishlab chiqarish korxonalarida har bir induksion pechda eritiladigan qora metall chiqindi va parchalari (metall shixtasi)ning yuqori darajada tozaligini taʼminlash boʻyicha tushuntirish ishlari olib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi / 02.08.05.02 Texnik jihatdan tartibga solish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
5. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.02.00 Adliya organlari huzuridagi tashkilotlar]
qurilishda foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalari boʻyicha sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan moliyaviy va maʼmuriy jarimalarning taʼsirchanligini oʻrganib borsin;
2022-yil 1-yanvarga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan jarimalar miqdorini oshirish va boshqa taʼsir choralarini belgilash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar]
har oyda kamida bir marta ichki bozordagi qurilish uchun foydalaniladigan metall prokati sifatini oʻrganish maqsadida qurilish obyektlari va savdo shaxobchalarida nazorat xaridlarini amalga oshirsin hamda mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga muvofiqligini oʻrganib borsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi / 02.08.05.02 Texnik jihatdan tartibga solish]
nazorat xaridlari natijasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga nomuvofiq deb topilgan metall prokati ishlab chiqargan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
laboratoriya sinovi natijalariga koʻra induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokati texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, bu haqida bir kun muddatda sertifikatlash organi tomonidan Qurilish vazirligi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabardor qilinadi;
belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqargan korxona aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan jarimalarni toʻliq toʻlagunga qadar ushbu mahsulotni realizatsiya qilish huquqiga ega boʻlmaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi / 02.08.05.02 Texnik jihatdan tartibga solish]
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va sertifikatlash organlarining xabarnomasiga koʻra belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan mahsulotni sotishni va undan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va qurilish tashkilotlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
8. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
2021-yil 10-oktabrga qadar eritish pechlaridan foydalangan holda metall prokatini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etsin;
“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan eritish pechlaridan foydalangan holda metall prokati ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida sanoat xavfsizligi holatini belgilangan tartibda tekshirish ishlarini oʻtkazib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.03 Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorat]
9. Energetika vazirligi bir oy muddatda metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokati texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohalaridagi talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, ushbu korxonalarga elektr energiyasi va gaz taʼminoti yetkazib berish boʻyicha shartnomani bir taraflama bekor qilishni koʻzda tutuvchi qonunchilikka tegishli oʻzgartirish kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi / 02.08.05.02 Texnik jihatdan tartibga solish]
10. Qurilish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 15-oktabrga qadar “Shaffof qurilish” elektron portali orqali quruvchi tashkilotlarning reytingini shakllantirishda quruvchi tashkilotlar tomonidan muvofiqlik sertifikatiga ega sifatli metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalardan metall prokati xarid qilganligi uchun alohida baholash mezonini joriy etsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot]
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda sifatsiz mahsulotlar aylanmasini cheklash, isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan mazkur qarorda nazarda tutilgan talablar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali keng koʻlamli tushuntirish, targʻibot va tashviqot ishlarini tizimli ravishda olib borsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
12. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishni tartibga solish va sifatli metall prokatini qoʻllash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-fevraldagi 89-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiyaning xulosasiga asosan belgilangan talablarni bajargan korxonalarga qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishga hamda qurilishdan boshqa maqsadlar uchun metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda induksion pechlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi”.
13. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi / 02.08.05.02 Texnik jihatdan tartibga solish]
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D.N. Sattarovga — induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun ishlab chiqarilgan metall prokatini sertifikatlash tizimini mahsulot sifati oshirilishini nazarda tutuvchi talablar bilan yanada kuchaytirish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, sertifikatlash va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamovga — induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida sanoat xavfsizligi holatini belgilangan tartibda tekshirib borish va sanoat xavfsizligi talablari buzilishining oldini olish;
qurilish vaziri B.I. Zokirovga — quruvchi tashkilotlar tomonidan qurilish obyektlarida muvofiqlik sertifikatiga ega qurilish materiallari, shu jumladan, metall prokatidan foydalanilayotganligini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Oʻ. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-sentabr,
577-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 577-son qaroriga ILOVA
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiya
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi
2.
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari
3.
B.I. Zakirov
—
qurilish vaziri
4.
A.S. Sultanov
—
energetika vaziri
5.
B.V. Gulyamov
—
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi
6.
D.N. Sattarov
—
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori
7.
F.K. Umarov
—
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori
8.
O.Z. Nasritdinxodjayev
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
A.B. Voitov
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
B.K. Abdinazarov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari
11.
I.I. Boqijonov
—
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
12.
A.R. Jumanazarov
—
Vazirlar Mahkamasi departamenti boshligʻi oʻrinbosari, komissiya kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/577/0884-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)