

<!DOCTYPE html>
<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-1423622" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="QBBao+AarD8bpx85ScL9pcg2db/cnX0cyWAGto801MOFX2C/w/Ktun8cs04mGiDgqNew1TvIJ3Iy2YrhcwJlFzYCk4y1fDUhk7QBmbFsDupIPpzTQahBHjiVBLxO8EgDkiQQ/QsAeq0N+iFjh61jCVYQBrQSN7MmiNlwRhItz2ddPcq3Izrx7fV2nRqSKRAlLtmD1vzWXCNQk6hP3omzqg==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Назад</a>
            </div>
            <a href="/ru/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">На верх</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1423622" id="onLBC-1423622">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7625"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;</span></div><div id="LBC7631"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish;</span></div><div id="LBC18933"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1423622" id="onLS-1423622">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3811"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1425930" id="-1425930">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1425931" id="-1425931">IJRO IShI YURITISh TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-1425932" id="-1425932">Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 19-noyabrda qabul qilingan <br />Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1425934" id="-1425934"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1425938" id="onLBC-1425938">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7548"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1425938" id="onLS-1425938">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425938" id="-1425938"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat <a href="/ru/m/acts/-111453">kodeksiga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425939" id="-1425939">1) <a href="/ru/m/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-266974">232-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1425940" id="-1425940">“232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425941" id="-1425941"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425942" id="-1425942">Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425943" id="-1425943">eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425944" id="-1425944"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425945" id="-1425945">Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425946" id="-1425946">eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425947" id="-1425947">2) 233-modda birinchi qismining <a href="/ru/m/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-266984">dispozitsiyasi</a> “xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablagʻlari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1425948" id="onLBC-1425948">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7562"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1425948" id="onLS-1425948">[<b>TSZ:</b><div id="LS3810"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425948" id="-1425948"><strong>2-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual <a href="/ru/m/acts/-111460">kodeksiga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425949" id="-1425949">1) <a href="/ru/m/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-253543">38-modda</a> quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425950" id="-1425950">“9) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti hamda uning hududiy boshqarmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, shuningdek band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425951" id="-1425951">2) <a href="/ru/m/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-255072">286-moddadagi</a> “fuqaroviy-protsessual” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425952" id="-1425952">3) quyidagi mazmundagi 539<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1425953" id="-1425953">“539<sup>1</sup>-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425954" id="-1425954">Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonun hujjatlari hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425955" id="-1425955">4) 541-moddaning <a href="/ru/m/acts/-111460?ONDATE=01.04.1995 00#-257070">birinchi qismi</a> “toʻxtatish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlardan keyin “fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1425956" id="onLBC-1425956">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7530"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1425956" id="onLS-1425956">[<b>TSZ:</b><div id="LS3808"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425956" id="-1425956"><strong>3-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi <a href="/ru/m/acts/-97664">kodeksiga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425957" id="-1425957">1) quyidagi mazmundagi 198<sup>1</sup> va 198<sup>2</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1425958" id="-1425958">“198<sup>1</sup>-modda. Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425959" id="-1425959"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425960" id="-1425960">Qarzdorning ijro hujjatini uning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmasligi yoki uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra sud ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmasligi, — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425961" id="-1425961">fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1425962" id="-1425962">198<sup>2</sup>-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425963" id="-1425963"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425964" id="-1425964">Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, yaʼni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida notoʻgʻri maʼlumotlar berganlik, ijro hujjatini yoʻqotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor oʻzining yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida maʼlum qilmaganligi, —</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425965" id="-1425965">fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425966" id="-1425966">2) quyidagi mazmundagi 245<sup>3</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1425968" id="-1425968">“245<sup>3</sup>-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425969" id="-1425969">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlariga ushbu Kodeksning 198<sup>1</sup> va 198<sup>2</sup>-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425971" id="-1425971">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda maʼmuriy jazo qoʻllashga Departament organlarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslari haqlidir”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425972" id="-1425972">3) 332-moddaning <a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-201767">uchinchi qismidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi jamgʻarma banki” degan soʻzlar “tegishli bank” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425973" id="-1425973">4) <a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-201770">333-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425974" id="-1425974"><a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-201772">birinchi qismidagi</a> “fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq” degan soʻzlar “sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425975" id="-1425975"><a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-201773">ikkinchi qismidagi</a> “tuman (shahar) sudining” va “shaxsiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425977" id="-1425977">5) 336-moddaning <a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-201789">birinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425979" id="-1425979">“Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror asosida olib qoʻyilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425980" id="-1425980">6) <a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-201798">337-moddadagi</a> “departamenti sud ijrochilari hududiy boʻlimlari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochisi” degan soʻzlar “departamenti organlari sud ijrochilari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425981" id="-1425981">7) 339-moddaning <a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=30.05.1998 00#-348189">birinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425983" id="-1425983">“Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan narsani yoki bevosita maʼmuriy huquqbuzarlik narsasini musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusxasi quyidagilarga yuboriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425984" id="-1425984">8) 348-moddaning <a href="/ru/m/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-201872">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1425985" id="-1425985">“Qarorning mulkiy zararni undirib olishga oid qismi ushbu Kodeks 347-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatda ijro etilmasa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ijro uchun sud ijrochisiga yuboriladi”.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3542427" id="-3542427">(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli <a href="/ru/m/acts/-3537108?ONDATE=01.04.2018 00#-3538548">Qonuniga </a>asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3542430" id="-3542430">(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli <a href="/ru/m/acts/-3537108?ONDATE=01.04.2018 00#-3538548">Qonuniga </a>asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1426054" id="onLBC-1426054">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7143"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1426054" id="onLS-1426054">[<b>TSZ:</b><div id="LS3709"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Er]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426054" id="-1426054"><strong>6-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda) 36-moddasi <a href="/ru/m/acts/-152653?ONDATE=11.11.2003 00#-157669">uchinchi qismi</a> quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426055" id="-1426055">“4) ijro hujjatlari boʻyicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda”.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5357064" id="-5357064">(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli <a href="/ru/m/acts/-5351631?ONDATE=02.04.2021 00#-5352916">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan – Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6609838" id="-6609838">(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-868-sonli <a href="/ru/m/acts/-6605257?ONDATE=13.09.2023 00#-6607500">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426064" id="-1426064"><strong>9-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli <a href="/ru/m/acts/-26477">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426068" id="-1426068">1) 3-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26490">birinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426069" id="-1426069">“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (bundan buyon matnda Sud departamenti deb yuritiladi) organlarining sud ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426070" id="-1426070">2) 9-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26641">uchinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426071" id="-1426071">“Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426072" id="-1426072">3) 13-modda birinchi qismining <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26663">uchinchi jumlasi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426074" id="-1426074">“Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat uning oʻzi shaxsan ijro etishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, shuningdek ijro hujjatining xususiyati undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi oʻz vakili orqali harakat qilishga haqli emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426075" id="-1426075">4) 18-modda birinchi qismining <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26707">birinchi jumlasi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426077" id="-1426077">“Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini koʻzdan kechirish, xatlash, olib qoʻyish va berish bilan bogʻliq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426079" id="-1426079">5) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26717">21-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426080" id="-1426080">“21-modda. Sud ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426082" id="-1426082">Sud ijrochilari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlashda sud ijrochilariga koʻmaklashishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426083" id="-1426083">Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426086" id="-1426086">1) ichki ishlar organlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426087" id="-1426087">sud ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426089" id="-1426089">sud ijrochisi huzuriga kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426092" id="-1426092">ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan sud ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir toʻsiq boʻlganda, jamoat tartibi saqlanishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426093" id="-1426093">qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy toʻxtatilishini sud ijrochisining topshirigʻi asosida taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426094" id="-1426094">avtomototransport vositasi egasi toʻgʻrisidagi, tegishli qarzdorlar nomiga roʻyxatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotni sud ijrochisining yozma soʻrovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, sud ijrochilarining avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426096" id="-1426096">qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyxatga olingan avtomototransport vositalarini koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426098" id="-1426098">sudning yoki sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426100" id="-1426100">2) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining organlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426102" id="-1426102">koʻchmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, huquq egalari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek oʻzga kadastr maʼlumotlarini sud ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426104" id="-1426104">sudning yoki sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasidagi koʻchmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida koʻchmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426105" id="-1426105">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, sud ijrochisining yozma topshirigʻi asosida kadastr ishini shakllantiradi hamda koʻchmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426106" id="-1426106">koʻchmas mulkni va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga sud ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426107" id="-1426107">yer uchastkasini olib qoʻyish va berish toʻgʻrisidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida roʻyxatga olingan boshqa koʻchmas mulkni koʻzdan kechirishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426108" id="-1426108">3) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426109" id="-1426109">4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426110" id="-1426110">sud ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablagʻlari va oʻzga mol-mulkiga undiruv qaratish yoki ularni xatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bergan yozma soʻroviga koʻra unga bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426111" id="-1426111">sud ijrochisining yozma soʻroviga koʻra qarzdorning banki va xatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay sud ijrochisiga maʼlum qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426112" id="-1426112">sud ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati boʻyicha tegishli qarzni, shu jumladan ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini nizosiz tartibda undirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426114" id="-1426114">sud ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan naqd chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426115" id="-1426115">qarzdorning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xatlash haqidagi sud ijrochisining qarorini, shuningdek sud ijrochisining qarorida koʻrsatilgan qarzdorning hisobvaragʻidan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426116" id="-1426116">ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qoʻyilgan yoki undirilgan, shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻida vaqtinchalik saqlanishini taʼminlaydi, sud ijrochisining qaroriga asosan bu mablagʻlarni tegishli undiruvchiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini toʻlash uchun oʻtkazadi (beradi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426117" id="-1426117">5) davlat soliq xizmati organlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426118" id="-1426118">budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlashda sud ijrochilariga yordam koʻrsatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426120" id="-1426120">sud ijrochisining topshirigʻiga koʻra, qarzdorning soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni sud ijrochisiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426124" id="-1426124">davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasida qarzdor soliq toʻlovchi toʻgʻrisida mavjud boʻlgan axborotni sud ijrochisining yozma soʻroviga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426125" id="-1426125">soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan qarzdorning hisobga olinmagan daromadlarini aniqlashda sud ijrochilariga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426126" id="-1426126">realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426127" id="-1426127">6) gʻaznachilik organlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426128" id="-1426128">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini ijro hujjati talablarini bajarish uchun sud ijrochisining qarori asosida oʻn kunlik muddatda oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426129" id="-1426129">sud ijrochisining qarzdor budjet tashkilotining yagona gʻaznachilik hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xatlash toʻgʻrisidagi qarorining, shuningdek qarzdorning mablagʻlaridan foydalanishga nisbatan sud ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa cheklovlarning ijrosini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426130" id="-1426130">7) Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426131" id="-1426131">sudning yoki sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ hujjati talablarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426132" id="-1426132">Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday cheklov olib tashlangan qarzdor jismoniy shaxslar toʻgʻrisida axborotlarning tezkor almashinuvini Sud departamenti organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426133" id="-1426133">Qonun hujjatlarida sud ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426134" id="-1426134">6) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26720">22-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426135" id="-1426135"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26725">beshinchi qismidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining tegishli hududiy boʻlimi” degan soʻzlar “Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426136" id="-1426136"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26726">oltinchi qismidagi</a> “sudga” degan soʻz chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426138" id="-1426138">7) quyidagi mazmundagi 22<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426139" id="-1426139">“22<sup>1</sup>-modda. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426140" id="-1426140">Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar sud ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari toʻgʻrisida va majburiy ijro etish choralari haqida xabardor qilinadi, shuningdek sud ijrochisining huzuriga yoxud ijro harakatlarini amalga oshirish joyiga chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma deb yuritiladi) orqali chaqirtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426141" id="-1426141">Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hollarda sud ijrochisi ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni oldindan xabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va majburiy ijro etish choralarini qoʻllashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426142" id="-1426142">Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili boshqa manzilni koʻrsatmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxsga chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxsning ish, oʻqish joyiga yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426144" id="-1426144">Jismoniy shaxsga yoʻllangan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma, qoida tariqasida, Sud departamentining boʻlinmasiga qaytarilishi lozim boʻlgan topshirganlik toʻgʻrisidagi bildirishnomaga ushbu shaxsning imzosi qoʻydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi bildirishnomaga chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426145" id="-1426145">Agar chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs chaqirilayotgan jismoniy shaxsni topa olmasa, chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga topshiriladi, ular yoʻqligida esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (oʻquv muassasasi maʼmuriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat boʻlishi bilan darhol chaqiriluvchiga topshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426146" id="-1426146">Adresat vaqtincha biror joyga ketgan boʻlsa, chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs uning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi. Bu maʼlumotlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan yoki ish beruvchining (oʻquv muassasasi maʼmuriyatining) imzosi bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426147" id="-1426147">Adresat chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni yetkazib beruvchi shaxs sud ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qogʻoziga, boshqa xabarnomaga belgi qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426148" id="-1426148">Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi hollarda xabardor qilingan hisoblanadi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426149" id="-1426149">chaqiruv qogʻozi, boshqa xabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib berilgan (yuborilgan) boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426150" id="-1426150">adresat chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olishdan bosh tortsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426151" id="-1426151">pochta xabarnomasini olgan boʻlishiga qaramasdan adresat oʻz nomiga yuborilgan chaqiruv qogʻozini, boshqa xabarnomani olish uchun kelmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426152" id="-1426152">Majburiy ijro etish choralari toʻgʻrisida xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi mazkur choralarning bajarilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426153" id="-1426153">Agar ijro hujjati boʻyicha qarzdor zimmasiga faqat shaxsan oʻzi bajarishi mumkin boʻlgan majburiyatlar yuklatilgan boʻlsa, sud ijrochisining chaqiruvi boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan qarzdor sud ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426154" id="-1426154">Chaqiruv qogʻozlari, boshqa xabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning mazmuniga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426155" id="-1426155">8) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26728">23-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426157" id="-1426157"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26729">birinchi qismi</a> quyidagi jumla bilan toʻldirilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426158" id="-1426158">“Agar qonun hujjatlarida ijro hujjatlarining ayrim turlariga majburiy ilovalar nazarda tutilgan boʻlsa, ular sud ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426159" id="-1426159"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=11.04.2008 00#-1335972">uchinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426160" id="-1426160">“Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yigʻimi, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426161" id="-1426161"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26734">oltinchi qismidagi</a> “sudga” degan soʻz chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426162" id="-1426162">9) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26735">24-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426163" id="-1426163"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26736">birinchi qismi</a> “boʻlmasa” degan soʻzdan keyin “yoxud zarur hujjatlarni ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish toʻgʻrisidagi talabga rioya qilinmagan boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426164" id="-1426164"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26738">uchinchi qismi</a> “Qonunning 8-moddasida” degan soʻzlardan keyin “va boshqa qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426165" id="-1426165"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26740">beshinchi qismidagi</a> “sudga” degan soʻz chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426166" id="-1426166">10) 25-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26748">yettinchi qismidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti yoki uning hududiy boʻlimi” degan soʻzlar “Sud departamenti yoki uning hududiy boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426167" id="-1426167">11) quyidagi mazmundagi 25<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426169" id="-1426169">“25<sup>1</sup>-modda. Yigʻma ijro ishi yuritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426170" id="-1426170">Bitta qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan mulkiy tusga ega boʻlgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv boʻyicha qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishlar yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426171" id="-1426171">Sud departamentining bir nechta hududiy boshqarmasi boʻlinmalariga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Sud departamenti direktori yoxud uning oʻrinbosari belgilaydigan boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi va yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426173" id="-1426173">Sud departamenti bitta hududiy boshqarmasining bir nechta boʻlinmasiga kelib tushgan bir qarzdorga yoki solidar javobgar boʻlgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv boʻyicha ijro hujjatlari yuzasidan yigʻma ijro ishi yuritish Sud departamenti hududiy boshqarmasi boshligʻi yoxud uning oʻrinbosari belgilaydigan hududiy boʻlinma tomonidan qoʻzgʻatiladi va yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426174" id="-1426174">Yigʻma ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan keyin kelib tushgan va yigʻma ijro ishi yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar koʻrsatilgan ijro hujjatlari yigʻma ijro ishini yuritayotgan sud ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426175" id="-1426175">12) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=11.04.2008 00#-1336011">30-modda</a> quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426176" id="-1426176">“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426179" id="-1426179">ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro qilish vaqti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426181" id="-1426181">ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426182" id="-1426182">ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish vaqti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426183" id="-1426183">mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari toʻgʻrisidagi boshqa hujjat sud ijrochisiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426184" id="-1426184">mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga kelib tushgunigacha boʻlgan vaqt kirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426185" id="-1426185">Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining oʻtishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos boʻlmaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426186" id="-1426186">13) 31-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26832">ikkinchi qismi</a> quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426187" id="-1426187">“Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426188" id="-1426188">14) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26833">32-modda</a> quyidagi mazmundagi ikkinchi—toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426190" id="-1426190">“Ijro hujjatini ijro etish kechiktirilgan taqdirda, ijro etishni kechiktirgan sud yoki boshqa organ tomonidan belgilangan muddat ichida ijro harakatlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426191" id="-1426191">Qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan xatlov kechiktirish toʻgʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan taqdirda kechiktirish muddatiga olib tashlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426192" id="-1426192">Ijro hujjati boʻlib-boʻlib ijro etilgan taqdirda, ijro hujjati uni boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan qism va muddatlar boʻyicha ijro etiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426193" id="-1426193">15) 33-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26837">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426195" id="-1426195">“Sud ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga koʻra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning soʻralayotgan muddati koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426196" id="-1426196">Ijro harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda sud ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusiga koʻra koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426198" id="-1426198">Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda sud ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini koʻrsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426199" id="-1426199">Sud ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426201" id="-1426201">16) 34-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26846">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426202" id="-1426202">“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻxtatib turilishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426203" id="-1426203">1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426205" id="-1426205">2) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426206" id="-1426206">3) agar qonun hujjatlarida nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426207" id="-1426207">4) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426208" id="-1426208">5) ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi berilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426209" id="-1426209">6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426210" id="-1426210">Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426211" id="-1426211">1) qarzdor muddatli harbiy xizmatda boʻlganda yoki muddatli harbiy xizmatda boʻlgan undiruvchi iltimos qilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426212" id="-1426212">2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish toʻgʻrisida, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi tomonidan ajrim qabul qilinganda, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro etilishi toʻxtatib turilishi mumkin boʻlmagan ijro hujjatlari bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426213" id="-1426213">3) ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni toʻxtatib turish huquqi qonunda qaysi mansabdor shaxsga berilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426215" id="-1426215">17) 35-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26869">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426216" id="-1426216">“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426217" id="-1426217">1) qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426218" id="-1426218">2) qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426220" id="-1426220">3) qarzdor statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426221" id="-1426221">4) sud ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426222" id="-1426222">5) roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426224" id="-1426224">6) undiruvchi iltimos qilganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426225" id="-1426225">Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426227" id="-1426227">1) sud ijrochisi ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini tushuntirish toʻgʻrisidagi, ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish haqidagi, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar bilan ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga murojaat qilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426228" id="-1426228">2) qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426230" id="-1426230">3) sud ijrochisi tomonidan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritilganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426231" id="-1426231">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh sud ijrochilari ularga boʻysunuvchi sud ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan shikoyat kelib tushganda, zarur boʻlgan hollarda, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga haqli”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426233" id="-1426233">18) 36-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26885">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426235" id="-1426235">“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426236" id="-1426236">1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yoʻqolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426238" id="-1426238">2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritish qoʻzgʻatilganda, kuzatuvni joriy etish toʻgʻrisida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomilini joriy etish va (yoki) muddatini uzaytirish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426239" id="-1426239">3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda, qarzdor kasal boʻlib qolganda, xizmat safarida boʻlganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bola qidirib topilguniga qadar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426240" id="-1426240">4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos boʻlgan hujjat yuzasidan, shuningdek roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil koʻrib chiqilguniga qadar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426241" id="-1426241">5) sud ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat koʻrib chiqilguniga qadar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426242" id="-1426242">Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar tugaguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426243" id="-1426243">Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻxtatib turgan sud yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki sud ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426244" id="-1426244">Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426245" id="-1426245">19) 37-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26899">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426246" id="-1426246">“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426247" id="-1426247">1) undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qoʻyilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yoʻqolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga oʻtishi mumkin boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426249" id="-1426249">2) muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʻqolganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426250" id="-1426250">Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud ijrochisi tomonidan tugatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426251" id="-1426251">1) undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426253" id="-1426253">2) undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426255" id="-1426255">3) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426257" id="-1426257">4) ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426258" id="-1426258">20) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26915">38-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426259" id="-1426259">“38-modda. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi masalalarning sud yoki sud ijrochisi tomonidan koʻrib chiqilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426260" id="-1426260">Xoʻjalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjati asosida qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha xoʻjalik sudi yoki sud ijrochisi turgan joydagi xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish quyidagi hollarda ham xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426261" id="-1426261">ijro xatlari ijro etilganda, agar undiruvchi va qarzdor yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426262" id="-1426262">sud ijrochisining ijro yigʻimini va ijro xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi qarorlari ijro etilganda, agar qarzdor yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426263" id="-1426263">Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish sud ijrochisi turgan joydagi umumiy yurisdiksiya sudi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426265" id="-1426265">Agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Xoʻjalik protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki sud ijrochisining ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426268" id="-1426268">Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi, 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi sud ijrochisining ish yuritishida boʻlsa, oʻsha sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426269" id="-1426269">Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi arizasi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud ijrochisi tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra sud ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish haqida yoxud ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishni yoki tugatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426270" id="-1426270">Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoxud boshqa organning hujjati sud ijrochisi tomonidan olingan paytdan eʼtiboran darhol ijro etilishi kerak. Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida bu haqda unga maʼlum boʻlgan vaqtdan eʼtiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan boʻlsa) yoki ijro hujjatini bergan oʻzga organga maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426271" id="-1426271">Toʻxtatilgan ijro ishi yuritish boʻyicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426272" id="-1426272">Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish yoxud tugatish toʻgʻrisidagi hujjati ustidan oʻn kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426274" id="-1426274">21) 39-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26987">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426275" id="-1426275">“Sud ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi asosida, shuningdek sud ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorida ijro etish boʻyicha oʻzi tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan mol-mulkni xatlashni, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda sud ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426276" id="-1426276">Ijro ishi yuritish tugatilganidan soʻng sud ijrochisi qarzdorga sud ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish toʻgʻrisida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan qarorlar ijrosini davom ettiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426277" id="-1426277">Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yigʻimi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha tugatilgan taqdirda ijro yigʻimi sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qatʼi nazar, toʻliq hajmda qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426278" id="-1426278">Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran ijroga qaratilishi mumkin emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426279" id="-1426279">22) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-26988">40-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426281" id="-1426281">“40-modda. Ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426282" id="-1426282">Ijro hujjatlarida koʻrsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan boʻlsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426285" id="-1426285">1) undiruvchining arizasiga koʻra;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426286" id="-1426286">2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablagʻlari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish mumkin boʻlmasa (ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426287" id="-1426287">3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari boʻlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan sud ijrochisi tomonidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan barcha choralar natijasiz boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426289" id="-1426289">4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini oʻziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni oʻziga olish toʻgʻrisidagi sud ijrochisining taklifi boʻyicha oʻz qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426290" id="-1426290">5) agar undiruvchi oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa, shu jumladan ijro hujjatida koʻrsatilgan, qarzdordan olib qoʻyilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426292" id="-1426292">Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, sud ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta sud ijrochisi tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426294" id="-1426294">Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha undiruvni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga oʻzga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426296" id="-1426296">Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun toʻsiq boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426298" id="-1426298">Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan boʻnak badali toʻliq qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426299" id="-1426299">Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilgan hollarda boʻnak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan sud ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va boʻnak badalini qaytarish toʻgʻrisida sud ijrochisi tomonidan katta sud ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426303" id="-1426303">23) 41-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27050">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426304" id="-1426304">“Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426305" id="-1426305">ijro hujjati amalda ijro etilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426306" id="-1426306">yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv toʻgʻrisidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426308" id="-1426308">ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426309" id="-1426309">ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426310" id="-1426310">ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa sud ijrochisiga yuborilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426311" id="-1426311">ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yuborilganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426312" id="-1426312">Ijro ishi yuritish tamomlanganda sud ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklashlar va qarzdorning oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426313" id="-1426313">Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa sud ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan sud ijrochisiga oʻtadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426314" id="-1426314">Sud ijrochisi qarorining koʻchirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda sud ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426316" id="-1426316">Ijro ishi yuritish tamomlanganidan soʻng sud ijrochisi qarzdordan ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro xarajatlarini undirish toʻgʻrisida ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur boʻlgan miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yigʻimi faqat ijro hujjatining majburiy tartibda ijro etilgan qismi boʻyicha undiriladi, nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426317" id="-1426317">Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusxasi, boshqa hollarda esa ijro hujjatining koʻchirma nusxasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426318" id="-1426318">24) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27057">42-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426319" id="-1426319"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27058">birinchi qismi</a> “zararni toʻlash” degan soʻzlardan keyin “zararni davlat foydasiga undirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426320" id="-1426320"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27061">toʻrtinchi</a> va <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27062">beshinchi qismlari</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426321" id="-1426321">“Qarzdor jismoniy shaxsni va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdor yuridik shaxsni va shuningdek qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish sud ijrochisining qaroriga koʻra ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426322" id="-1426322">Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish xarajatlari qarzdordan undiriladi, sud ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta sud ijrochisi tasdiqlaydi. Qarzdor jismoniy shaxsni, avtomototransport vositasini yoxud olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirish boʻyicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga koʻra, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish xarajatlari boʻyicha esa, tegishli sud ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426323" id="-1426323"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27063">oltinchi qismidagi</a> “sudga” degan soʻz chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426324" id="-1426324">25) quyidagi mazmundagi 42<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426325" id="-1426325">“42<sup>1</sup>-modda. Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426326" id="-1426326">Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, sud ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426327" id="-1426327">Sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta sud ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning koʻchirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi maʼlum boʻlsa), ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426328" id="-1426328">Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426329" id="-1426329">Sud ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426330" id="-1426330">Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoxud u boʻyicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga koʻra tugatilganda yoki tamomlanganda, sud ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaxsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426331" id="-1426331">Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan sud ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426332" id="-1426332">26) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27078">46-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426333" id="-1426333">1-bandining <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27080">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426334" id="-1426334">“undiruvni qarzdorning pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426335" id="-1426335"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27130">2-bandidagi</a> “mol-mulkiga va pul mablagʻlariga” degan soʻzlar “pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426336" id="-1426336">quyidagi mazmundagi 2<sup>1</sup> va 2<sup>2</sup>-bandlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426337" id="-1426337">“2<sup>1</sup>) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha unga tegishli boʻlgan mablagʻlarga qaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426338" id="-1426338">2<sup>2</sup>) undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426339" id="-1426339">27) 47-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27147">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426340" id="-1426340">“Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini xatlash va majburiy realizatsiya qilishdan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426341" id="-1426341">Ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning soʻmdagi va chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablagʻlariga hamda oʻzga qimmatliklariga qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426343" id="-1426343">Qarzdor jismoniy shaxsdan topilgan soʻmdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari darhol olib qoʻyilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426344" id="-1426344">Olib qoʻyilgan soʻmdagi naqd pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechiktirmay Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426345" id="-1426345">Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlari va oʻzga qimmatliklari toʻgʻrisida axborot boʻlganda, ular xatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha soʻmdagi naqd puli yoxud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi soʻmdagi mablagʻlari yetarli boʻlmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki oʻzga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426346" id="-1426346">Sud ijrochisida qarzdorning xatlash mumkin boʻlgan hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisida axborot boʻlmaganda, sud ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash toʻgʻrisida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma soʻrov yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426347" id="-1426347">Sud ijrochisining yozma soʻrovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay sud ijrochisiga maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426348" id="-1426348">Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim boʻlgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni oʻzi koʻrsatishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426349" id="-1426349">Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati sud ijrochisi tomonidan mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426350" id="-1426350">Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, sud ijrochisi oʻz qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining xarajatlar qismini qarz toʻliq uzilguniga qadar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning pul mablagʻlarini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va sud ijrochisiga qarzdorning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq boʻyicha xatlangan pul mablagʻlari miqdorini maʼlum qiladi. Ayni bir vaqtda undiruv qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulkka qaratiladi, ushbu Qonunning 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426351" id="-1426351">Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan naqd pul mablagʻlariga va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlariga undiruv ijro yigʻimi, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va hajmda qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426352" id="-1426352">Qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlgan hollarda undiruv uning qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426354" id="-1426354">28) 48-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27169">ikkinchi qismi</a> “zimmasiga” degan soʻzdan keyin “ijro yigʻimini, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426355" id="-1426355">29) quyidagi mazmundagi 48<sup>1</sup>—48<sup>7</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426358" id="-1426358">“48<sup>1</sup>-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab chiqarishda undiruvni qarzdorning pul mablagʻlariga qaratish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426359" id="-1426359">Qarzdordan topilgan va olib qoʻyilgan, ijro hujjatida koʻrsatilgan naqd chet el valyutasini sud ijrochisi olib qoʻyilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga topshiradi, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasini yoki soʻmdagi naqd pul mablagʻlarini sotish (ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan foydalanuvchi bankka topshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426360" id="-1426360">Qarzdorning bank hisobvaragʻida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro hujjatida koʻrsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki soʻmdagi pul mablagʻlari xatlanganida, sud ijrochisi oʻz qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur boʻlgan miqdorda ijro hujjatida koʻrsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426361" id="-1426361">Agar bank Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan boʻlsa, sud ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasi yoki soʻmni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426363" id="-1426363">Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablagʻlari ular tomonidan Sud departamentining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426364" id="-1426364">Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda sud ijrochisi ijro yigʻimi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini tegishli qaror chiqarilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda soʻmda hisoblab chiqaradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426365" id="-1426365">48<sup>2</sup>-modda. Undiruvni qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining va uning mijozlarining pul mablagʻlariga hamda qimmatli qogʻozlariga qaratish xususiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426366" id="-1426366">Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv uning mijozlarining qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit tashkilotida ochilgan alohida hisobvaragʻidagi mavjud pul mablagʻlariga qaratilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426368" id="-1426368">Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi qarzlari boʻyicha undiruv uning mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi shaxsiy hisobvaraqlarida va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan depozitariylarda ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlariga qaratilishi mumkin emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426369" id="-1426369">48<sup>3</sup>-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining, muassislarining va aʼzolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426370" id="-1426370">Yuridik shaxsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaxs mulkdorlarining, muassislarining va aʼzolarining (ishtirokchilarining) pul mablagʻlariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426371" id="-1426371">Tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xoʻjaligining rahbari, dehqon xoʻjaligining aʼzolari, ishlab chiqarish kooperativining aʼzolari, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ishtirokchilari, toʻliq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi toʻliq sheriklar pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426372" id="-1426372">Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki boʻlmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning masʼuliyati cheklangan jamiyat, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat, toʻliq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426373" id="-1426373">48<sup>4</sup>-modda. Undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan mulkiy huquqlarga qaratish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426374" id="-1426374">Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdorga tegishli mulkiy huquqlarga, xususan quyidagi huquqlarga qaratilishi mumkin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426376" id="-1426376">koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426377" id="-1426377">yer uchastkasiga doimiy yoki umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi yoki yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426378" id="-1426378">intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426379" id="-1426379">qarzdorga litsenziat sifatida oddiy nomutlaq litsenziya asosida tegishli boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426381" id="-1426381">Qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa shaxslarga nisbatan mulkiy huquqlarga undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qaratiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426382" id="-1426382">48<sup>5</sup>-modda. Undiruvni debitorlik qarziga qaratish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426383" id="-1426383">Undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga qaratish amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha, shu jumladan mulk ijarasi shartnomasi va boshqa shartnomalar boʻyicha, shuningdek qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarini debitor qarzdorning hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426385" id="-1426385">Sud ijrochisi tomonidan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi boshqa ijro hujjati mavjudligi aniqlansa, sud ijrochisi undiruvni debitorning ijro hujjati boʻyicha qarzdorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Ushbu qaror asosida sud ijrochisi debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summalarini undirish toʻgʻrisida debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshib ketmaydigan miqdorda inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426386" id="-1426386">Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha debitor toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga qaratish qarzdor oʻz debitori bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426387" id="-1426387">Debitor oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashdan asossiz bosh tortgan taqdirda, qarzdor bir tomonlama imzolangan solishtirma dalolatnomalarini debitorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda sud ijrochisiga taqdim etishga haqli. Qarzdor tomonidan bir tomonlama tartibda imzolangan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi taqdim etilganda, sud ijrochisi qarzdorning debitoriga uning kreditorlik qarzi mavjudligi haqida imzolash uchun solishtirma dalolatnomani va qarzdor tomonidan taqdim etilgan, ushbu qarzning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnoma yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426388" id="-1426388">Qarzdorning debitori bildirishnomani olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi yoxud solishtirma dalolatnomada koʻrsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi taqdim etishi shart. Agar debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma dalolatnomada koʻrsatilganidan farq qilsa, debitor oʻsha muddatda sud ijrochisiga oʻzi tan olgan summani koʻrsatgan holda solishtirma dalolatnomani taqdim etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426390" id="-1426390">Qarzdor bilan uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426392" id="-1426392">qarzdorning va uning debitorining nomi, ularning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426394" id="-1426394">debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426395" id="-1426395">qarzdor va uning debitorining ular muhri bilan tasdiqlangan imzolari, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda esa, debitorning oʻz muhri bilan tasdiqlangan imzosi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426396" id="-1426396">solishtirma dalolatnoma tuzilgan sana.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426399" id="-1426399">Qarzdor va uning debitori oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi u sud ijrochisiga taqdim etilguniga qadar uch oydan oʻtib ketmagan sanaga tuzilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426401" id="-1426401">Sud ijrochisi oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorning hisobvaraqlariga qarzdorning qarzi summasini debitorning qarzdor oldidagi qarzidan oshmaydigan miqdorda undirish toʻgʻrisida inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426403" id="-1426403">Undiruv quyidagi hollarda debitorlik qarziga qaratilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426404" id="-1426404">uni undirish uchun daʼvo muddati oʻtgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426406" id="-1426406">qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati Sud departamenti organining ish yuritishida boʻlsa yoki uni ijroga taqdim etish muddati oʻtgan boʻlsa yoxud ushbu ijro hujjati boʻyicha ijro harakatlari belgilangan tartibda toʻxtatib turilgan, tugatilgan yoki kechiktirilgan (boʻlib-boʻlib ijro etilgan) boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426408" id="-1426408">debitor huquqiy yordam toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan shartnoma tuzilmagan chet davlatda turgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426410" id="-1426410">debitor tugatilish jarayonida boʻlsa yoki unga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426412" id="-1426412">debitor oʻz faoliyatini tugatgan va yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426414" id="-1426414">48<sup>6</sup>-modda. Undiruvni surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida vaqtincha saqlanayotgan pul mablagʻlariga qaratish xususiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426416" id="-1426416">Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib qoʻyilgan, shu jumladan fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mablagʻlar sifatida olib qoʻyilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablagʻlari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426417" id="-1426417">Sud ijrochisining ish yuritishida boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha sud ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvaragʻida vaqtincha saqlanayotgan pul mablagʻlarini uch kunlik muddat ichida Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426418" id="-1426418">Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sud ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaragʻida vaqtincha turgan pul mablagʻlarini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426421" id="-1426421">48<sup>7</sup>-modda. Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish xususiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426424" id="-1426424">Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, budjet tashkilotlarining mablagʻlariga qaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426425" id="-1426425">30) 49-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27176">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426426" id="-1426426">“Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar boʻlganda, sud ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning oʻzga shaxslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar boʻlmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426427" id="-1426427">Sud ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426429" id="-1426429">31) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27183">51-modda</a> quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426430" id="-1426430">“Agar undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka garovga oluvchining talablarini qanoatlantirish uchun qaratilgan boʻlsa, undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki boʻlishidan qatʼi nazar, birinchi navbatda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426431" id="-1426431">32) 52-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27192">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426433" id="-1426433">“Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi boʻlgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila aʼzolari unda doimiy ravishda yashayotgan boʻlsa qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvni mazkur uyga (kvartiraga) qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat boʻyicha garov narsasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga), ularda qarzdor va (yoki) uning oila aʼzolari yoxud oʻzga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qatʼi nazar qaratilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426434" id="-1426434">Undiruvchi yoki sud ijrochisining arizasiga koʻra, undiruv sud tomonidan qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan unga tutash hududni qismlarga boʻlish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila aʼzolari normal turmush kechirishi uchun yetarli deb topgan taqdirda, qaratilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426435" id="-1426435">Roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila aʼzolari normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426437" id="-1426437">Investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablagʻlar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426438" id="-1426438">33) 53-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27220">beshinchi qismidagi</a> “besh kundan” degan soʻzlar “uch ish kunidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426439" id="-1426439">34) quyidagi mazmundagi 53<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426441" id="-1426441">“53<sup>1</sup>-modda. Qimmatli qogʻozlarni xatlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426442" id="-1426442">Hujjatli qimmatli qogʻozlar ularning turgan joyi boʻyicha xatlanadi. Hujjatsiz qimmatli qogʻozlar ushbu qogʻozlar egasining huquqlari roʻyxatga olingan joy boʻyicha xatlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426443" id="-1426443">Qimmatli qogʻozlar xatlanganda sud ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli qogʻozlar xatlanganligi toʻgʻrisida sud ijrochisi xatlangan qimmatli qogʻozlarning xatlov dalolatnomasini ham tuzadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426444" id="-1426444">Sud ijrochisining qimmatli qogʻozlar xatlanganligi toʻgʻrisidagi qarorida yoki dalolatnomasida xatlangan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qogʻozlar emitentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qimmatli qogʻozlar chiqarilgan sana, ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qogʻozlarning qarzdorga tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426445" id="-1426445">Qarzdorga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning xatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, shuningdek bunday qimmatli qogʻozlarni huquqlarni hisobga olish uchun boshqa depozitariyga topshirish taqiqlanganligini anglatadi. Oʻzga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan qarzdorning qimmatli qogʻozlarda mustahkamlab qoʻyilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda sud ijrochisi belgilangan cheklovlarni qimmatli qogʻozlarni xatlash toʻgʻrisidagi qarorda sanab oʻtishi shart”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426446" id="-1426446">35) 54-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27232">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426447" id="-1426447">“Roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk turlariga boʻlgan talab va taklifning bozor konyunkturasi holati toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlar asosida, ijro etish kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha sud ijrochisi tomonidan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426449" id="-1426449">Sud ijrochisi mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq keladigan mutaxassisni jalb etadi, ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426450" id="-1426450">Sud ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati eng kam ish haqining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa eng kam ish haqining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, mutaxassisni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426451" id="-1426451">Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan boshlangʻich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan belgilanadi. Koʻrsatilgan narx sud tomonidan belgilangan boʻlmasa, mazkur mol-mulk garov (ipoteka) toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan narxda kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426452" id="-1426452">Qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy sanʼat hamda haykaltaroshlik asarlari mutaxassislar albatta ishtirok etgan holda baholanishi, keyin (uch ish kuni ichida) masʼuliyatli saqlash uchun bankka yoki depozitariyga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini taʼminlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426454" id="-1426454">Fond birjasining rasmiy listingiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlar oʻzida rasmiy listingga kiritilgan va qonun hujjatlariga muvofiq markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinadigan fond birjasiga sud ijrochisi tomonidan yozma soʻrov berish orqali aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426455" id="-1426455">Agar sud ijrochisi tomonidan roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan boʻlsa, sud ijrochisi qimmatli qogʻozlarni baholash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mutaxassisni jalb etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426456" id="-1426456">Sud ijrochisi tomonidan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻgʻrisidagi hisobot olingan (chiqarilgan) paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay ijro ishi yuritishdagi taraflarga baholash natijalari haqida bildirishnoma yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426457" id="-1426457">Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan baholash obyektining qiymati xususida ijro ishi yuritishdagi taraflar oʻtkazilgan baholash toʻgʻrisida oʻzlari xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay sudda nizolashishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426458" id="-1426458">Ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochisi tomonidan xatlangan mol-mulkni baholashni amalga oshiruvchi mutaxassislarni tanlab olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426459" id="-1426459">36) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27240">55-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426460" id="-1426460"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27242">birinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426461" id="-1426461">“Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki sud ijrochisi tayinlagan boshqa shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Sud ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan boʻlsa, oʻsha saqlovchi sud ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Depozitariyga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha, shuningdek mol-mulkning xossalariga koʻra, undan foydalanish uning yoʻq boʻlib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, sud ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, sud ijrochisining roziligi talab etilmaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426462" id="-1426462">quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426464" id="-1426464">“Xatlangan avtomototransport vositasi auksion oʻtkazilguniga qadar sud ijrochisi tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar taʼminlanadigan maxsus ajratilgan joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima maydonlarida) saqlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426466" id="-1426466"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27246">uchinchi qismi</a> toʻrtinchi qism deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426469" id="-1426469">37) 56-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27256">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426471" id="-1426471">“Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, xatlash asoslari va mol-mulk turlaridan qatʼi nazar, xatlangan kundan eʼtiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426472" id="-1426472">Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida yoxud kimoshdi savdosida amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426474" id="-1426474">Avtomototransport vositalari, koʻchmas mulk, shu jumladan yer uchastkasi, qurilishi tugallanmagan obyektlar, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlari, yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar, intellektual faoliyat natijalari va shaxsiylashtirish vositalariga aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus ajratilgan maydonchalarda birjalar tomonidan oʻtkaziladigan ochiq auksion shaklidagi kimoshdi savdosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426476" id="-1426476">Savdo tashkilotlarini va birjalarni tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426477" id="-1426477">Agar realizatsiya qilish uchun auksion shaklidagi kimoshdi savdosiga qoʻyilgan mol-mulk auksion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilishi munosabati bilan realizatsiya qilinmasa, ushbu Qonun 63-moddasi sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra kimoshdi savdosining amalga oshmagan deb topilishi bundan mustasno, mazkur mol-mulk sud ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426481" id="-1426481">davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk narxining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426482" id="-1426482">mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari boʻyicha.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426483" id="-1426483">Savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk ham, agar u savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida realizatsiya qilinmagan boʻlsa, arzonlashtirilishi lozim. Bunda arzonlashtirish ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda va miqdorda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426485" id="-1426485">Mol-mulk arzonlashtirilganda sud ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan soʻng arzonlashtirilgan mol-mulk takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolariga yoki savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun qoʻyiladi. Bunda arzonlashtirilgan mol-mulk boʻyicha takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar u oʻtkazilishidan kamida oʻn besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida beriladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha mazkur mol-mulkni realizatsiya qilishda, shuningdek ushbu Qonun 63-moddasining sakkizinchi qismi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra dastlabki kimoshdi savdolari amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda mol-mulk arzonlashtirilmaydi va birinchi baholangan narx boʻyicha takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolariga yoki savdo tashkiloti tomonidan takroran realizatsiya qilishga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426488" id="-1426488">Mol-mulk takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolarida realizatsiya qilinmagan yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk oʻttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari boʻyicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga qoʻyilishi lozim. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha ushbu mol-mulk realizatsiya qilinmasa, sud ijrochisi garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolaridagi yoki savdo tashkilotlarining takroriy realizatsiya qilishidagi boshlangʻich sotish narxidan 10 foizga kamaytirilgan summada oʻzida qoldirishni taklif qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426490" id="-1426490">Qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular sud ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, sud ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qogʻozlarni ularni broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyilgan oxirgi kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi oʻrtacha narxida oʻzida qoldirishni taklif etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426494" id="-1426494">Sud ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish haqidagi ushbu moddaning sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi sud ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi lozim. Bir navbatdagi talablar boʻyicha bir nechta undiruvchi boʻlgan taqdirda, takliflar sud ijrochisi tomonidan Sud departamenti organlariga ijro hujjatlarining kelib tushishi navbatiga koʻra undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning sud ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati boʻyicha undiruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summadan ortiq boʻlsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning oʻzida Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻiga toʻlagan (oʻtkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda koʻrsatib oʻtiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻgʻrisidagi qarori haqida sud ijrochisini taklifni olgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426495" id="-1426495">Undiruvchi mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechgan taqdirda yoxud bu haqdagi oʻz qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmasa, mol-mulk ijro xarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish boʻyicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qoʻyilgan mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda oʻz qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk boʻyicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin boʻlgan oʻzga mol-mulk boʻlmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426497" id="-1426497">Olib qoʻyilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va sud ijrochisi mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq holda qilgan xarajatlarning oʻrni toʻliq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan sud ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426500" id="-1426500">Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi toʻliq toʻlanguniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va sud ijrochilariga taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426502" id="-1426502">Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari, shuningdek koʻchmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va shaxsiylashtirish vositalariga boʻlgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426504" id="-1426504">38) 57-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27274">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426507" id="-1426507">“Ijro hujjatida koʻrsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda sud ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qoʻyadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426509" id="-1426509">Olib berilishi lozim boʻlgan ashyolar yoʻqotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoxud hozir boʻlish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426512" id="-1426512">Ijro hujjatida koʻrsatilgan hujjatsiz qimmatli qogʻozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda sud ijrochisi mazkur qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror chiqaradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426514" id="-1426514">39) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27283">58-modda</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426516" id="-1426516"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27286">birinchi qismi</a> “uzish” degan soʻzdan keyin “ijro yigʻimi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426518" id="-1426518">ikkinchi qismining <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27287">ikkinchi jumlasi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426520" id="-1426520">“Ijro yigʻimi summalari, shuningdek ijro xarajatlarining oʻrnini qoplash uchun moʻljallangan summalar sud ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilib, soʻngra ijro xarajatlarining oʻrni ushbu summa hisobidan qoplanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426522" id="-1426522">40) 60-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27301">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426524" id="-1426524">“Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426526" id="-1426526">birinchi navbatda — ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan koʻchar mol-mulkka (qimmatli qogʻozlarga, qarzdorning depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga, valyuta qimmatliklari, yengil avtotransport, ofislar dizayni ashyolari, tayyor mahsulot (tovarlar), qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga, ulardan tayyorlangan buyumlarga, shuningdek bunday buyumlar parchalariga va boshqalarga) nisbatan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426527" id="-1426527">ikkinchi navbatda — tovarlarni ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar koʻrsatishda bevosita foydalanilmaydigan mulkiy huquqlarga, shuningdek ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan va bevosita qatnashishga moʻljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426529" id="-1426529">uchinchi navbatda — tovarlar ishlab chiqirishda, ishlarni bajarishda yoki xizmatlar koʻrsatishda bevosita qatnashadigan mulkiy huquqlarga, koʻchmas mulk obyektlariga, shuningdek xomashyo va materiallar, dastgohlar, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishda bevosita qatnashishga moʻljallangan boshqa asosiy vositalarga nisbatan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426531" id="-1426531">Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratishda ham qoʻllaniladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426538" id="-1426538">41) 61-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27312">ikkinchi</a> va <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27315">uchinchi qismlari</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426539" id="-1426539">42) 62-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=15.12.2007 00#-1287102">ikkinchi</a> va <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=15.12.2007 00#-1287108">uchinchi qismlari</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426540" id="-1426540">“Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan qarzdorning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganda sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlaydi, bundan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, mol-mulkni oʻzga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish toʻgʻrisidagi, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi ijro ishi yuritishlar mustasno. Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda sud ijrochisi ijro ishi yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426541" id="-1426541">Ijro ishi yuritish tamomlangan ijro hujjatlari sud ijrochisining ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishi yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Sud ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga maʼlum qiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426543" id="-1426543">43) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27330">63-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426545" id="-1426545">“63-modda. Auksion shaklidagi kimoshdi savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va ularning asosiy shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426546" id="-1426546">Mol-mulk va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish boʻyicha auksion shaklidagi kimoshdi savdolari birjalar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426549" id="-1426549">Tegishli birja bilan tuzilgan shartnoma va (yoki) kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlangʻich) bahosi koʻrsatilgan buyurtma auksion shaklidagi kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426552" id="-1426552">Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426554" id="-1426554">ijro hujjatining koʻchirma nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426556" id="-1426556">sud ijrochisi tuzgan mol-mulkni yoki mulkiy huquqni xatlash dalolatnomasining koʻchirma nusxasi yoxud sud ijrochisining ularni xatlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426557" id="-1426557">mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar, shu jumladan baholash toʻgʻrisidagi xulosaning, avtomototransport vositasini yoki koʻchmas mulkni koʻzdan kechirish dalolatnomasining koʻchirma nusxalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426595" id="-1426595">mol-mulkka egalik huquqini va mol-mulkka boʻlgan boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426596" id="-1426596">Koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqini sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426597" id="-1426597">ijara shartnomasining koʻchirma nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426598" id="-1426598">ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426600" id="-1426600">ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan auksion shaklidagi kimoshdi savdosi natijasida olingan boʻlsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz oʻtkazish imkonini beruvchi hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426601" id="-1426601">Qurilishi tugallanmagan obyektni sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni ilova qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426602" id="-1426602">yer uchastkasi ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426603" id="-1426603">tegishli davlat organining qurilish uchun ruxsatnomasining koʻchirma nusxasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426605" id="-1426605">Yer uchastkasini va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlarni sotishda sud ijrochisi ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning va yer uchastkasi chizmasining koʻchirma nusxalarini ilova qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426606" id="-1426606">Auksion shaklidagi kimoshdi savdolari narxning oshib borishi tamoyili asosida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426607" id="-1426607">Quyidagi hollarda auksion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topiladi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426608" id="-1426608">auksionga ikkitadan kam xaridor kelsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426609" id="-1426609">auksionning ishtirokchilaridan birontasi mol-mulkni yoxud mulkiy huquqni eʼlon qilingan dastlabki narxda sotib olish istagini bildirmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426610" id="-1426610">auksion gʻolibi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolashdan bosh tortsa yoki realizatsiya qilingan mol-mulkning yoxud mulkiy huquqning qiymatini belgilangan muddatda toʻliq toʻlamasa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426611" id="-1426611">44) 64-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27383">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426612" id="-1426612">“Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarga qaratiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426613" id="-1426613">davriy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426614" id="-1426614">eng kam ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi, shu jumladan yigʻma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari boʻyicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426615" id="-1426615">undirilayotgan summalarni toʻliq uzish uchun qarzdorning mol-mulki boʻlmaganda yoki uning mol-mulki yetarli boʻlmaganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426616" id="-1426616">Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaxslar undiruvchidan yoxud sud ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan eʼtiboran qarzdor jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul mablagʻlarini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426617" id="-1426617">Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs ushlab qolingan pul mablagʻlarini undiruvchiga toʻlov amalga oshirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida toʻlashi yoki oʻtkazishi shart. Pul mablagʻlarini toʻlash va oʻtkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426618" id="-1426618">Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u oʻqishni bitirganda (boshqa joyga oʻtkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs bu haqda darhol sud ijrochisiga xabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426619" id="-1426619">Qarzdor jismoniy shaxs yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi toʻgʻrisida darhol sud ijrochisiga va undiruvchiga xabar berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426620" id="-1426620">Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs ijro hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar yoki oʻzga shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etilishi qoidalariga muvofiq holda taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426621" id="-1426621">Sud ijrochisi qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan ijro hujjati boʻyicha pul mablagʻlarining toʻgʻri ushlab qolinishi va oʻz vaqtida oʻtkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan tekshirish oʻtkazadi. Bunday tekshirishni oʻtkazishda qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilot yoki oʻzga shaxs tegishli buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni sud ijrochisiga taqdim etishi shart”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426622" id="-1426622">45) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27812">69-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426623" id="-1426623">quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426624" id="-1426624">“xizmat safari, boshqa joyga ishga oʻtkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426625" id="-1426625"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27840">oʻn birinchi xatboshisi</a> oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426626" id="-1426626">46) 71-moddaning<a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27854"> ikkinchi qismi</a> quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426627" id="-1426627">“Sud ijrochisi ijro hujjatining oʻzi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426628" id="-1426628">Qarzdor ijro hujjatining talablarini sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan taqdirda, sud ijrochisi qarzdorga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllaydi, sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan soʻng ham ijro hujjatini ijro etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426629" id="-1426629">47) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27862">73-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426630" id="-1426630">beshinchi qismidagi <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27874">ikkinchi</a> va <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27874">uchinchi jumlalar</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426631" id="-1426631">quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426632" id="-1426632">“Agar qarzdor uydan koʻchirilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib ketmasa, sud ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan soʻng mazkur mol-mulkni ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426633" id="-1426633">Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yigʻimi, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlarining oʻrni qoplanganidan keyin ortib qolgan pul mablagʻlari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul mablagʻlari Sud departamenti organining depozit hisobvaragʻida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul mablagʻlari ushbu muddat oʻtganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426634" id="-1426634"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27876">oltinchi qismi</a> sakkizinchi qism deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426635" id="-1426635">48) quyidagi mazmundagi 73<sup>1</sup> va 73<sup>2</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426637" id="-1426637">“73<sup>1</sup>-modda. Imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426639" id="-1426639">Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash xolislar ishtirokida va ichki ishlar organlarining xodimlari koʻmagida sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426640" id="-1426640">Sud ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426641" id="-1426641">73<sup>2</sup>-modda. Yer uchastkasini olib qoʻyish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426642" id="-1426642">Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organi mutaxassisi albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426643" id="-1426643">Sud ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qoʻyish kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426644" id="-1426644">Yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi sud ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tamomlangan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426645" id="-1426645">Agar undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan tegishli huquqi roʻyxatga olinmagan boʻlsa, sud ijrochisi oʻz qarori bilan yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organiga undiruvchining ijro hujjatida koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tamomlangan hisoblanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426646" id="-1426646">49) 74-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27884">uchinchi qismidagi</a> “ushbu Qonunning 82-moddasida” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426647" id="-1426647">50) 76-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27913">uchinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426648" id="-1426648">“Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426649" id="-1426649">51) 77-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27919">ikkinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426650" id="-1426650">“Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Koʻrsatilgan hollarda xarajatlarni undirish sud ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426651" id="-1426651">52) quyidagi mazmundagi 77<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426652" id="-1426652">“77<sup>1</sup>-modda. Ijro yigʻimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426653" id="-1426653">Sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish boʻyicha harakatlar amalga oshirilganligi uchun qarzdordan ijro yigʻimi undiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426654" id="-1426654">Sud ijrochisining ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qaysi ijro ishi yuritish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi va alohida ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatmasdan ijro etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426655" id="-1426655">Ijro yigʻimining miqdori va undirilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426656" id="-1426656">53) 78-modda birinchi qismining <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27925">ikkinchi jumlasi</a> “qanoatlantirish” degan soʻzdan keyin “va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yigʻimini qoplash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426657" id="-1426657">54) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27931">80-modda</a> quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426658" id="-1426658">“Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha solingan ijro yigʻimlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun moʻljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha solingan ijro yigʻimlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchiga oʻtkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426659" id="-1426659">55) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27939">81-moddadagi</a> “sud” degan soʻz “xoʻjalik sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426660" id="-1426660">56) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27941">82-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426661" id="-1426661">“82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426662" id="-1426662">Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga toʻsqinlik qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426663" id="-1426663">57) 83-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27945">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426664" id="-1426664">“Oʻrta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi sud ijrochisi boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi katta sud ijrochisi boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426665" id="-1426665">Sud ijrochisi lavozimiga tayinlash uchun kadrlarni tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi. Katta sud ijrochilari va sud ijrochilarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish Sud departamenti direktori bilan kelishilgan holda Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426666" id="-1426666">Sud ijrochisi hokimiyat vakili hisoblanadi va xizmat vazifalarini bajarayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi formali kiyim-bosh kiyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426667" id="-1426667">Sud ijrochilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda adliya organlari xodimlarining mansab darajalari beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426668" id="-1426668">Sud departamentining direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, hududiy boshqarmalarning boshliqlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochisidir. Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi va hududiy boshqarmalarning sud qarorlarini ijro etish boʻlimlari boshliqlari lavozimiga koʻra tegishincha bosh sud ijrochilarining oʻrinbosarlaridir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426669" id="-1426669">Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi va hududiy boshqarmalarning sud qarorlarini ijro etish boʻlimlari xodimlari sud ijrochilari maqomiga ega boʻladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426670" id="-1426670">58) quyidagi mazmundagi 83<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426671" id="-1426671">“83<sup>1</sup>-modda. Bosh sud ijrochilarining va ular oʻrinbosarlarining vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426673" id="-1426673">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426674" id="-1426674">quyi turuvchi sud ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarini, hujjatlar va ijro hujjatining ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni tekshirish uchun talab qilib oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426675" id="-1426675">ijro ishi yuritish, shu jumladan u yoki bu ijro harakatlarini amalga oshirish boʻyicha yozma koʻrsatmalar beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426676" id="-1426676">sud ijrochilarining noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426677" id="-1426677">sud ijrochisi ijro ishi yuritish jarayonida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda, uni ijro harakatlarini bundan buyon amalga oshirishdan chetlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426679" id="-1426679">sud ijrochilarining harakatlari (harakatsizligi) va qarorlariga doir shikoyatlarni koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426681" id="-1426681">Qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sud ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh sud ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426682" id="-1426682">59) 84-moddaning <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27950">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426683" id="-1426683">“Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426689" id="-1426689">davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426690" id="-1426690">davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426691" id="-1426691">ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi yuritishga muvofiq tekshiruvdan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426692" id="-1426692">ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426693" id="-1426693">qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan, qarzdorga qarashli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlganda esa boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish, oʻzga shaxslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426694" id="-1426694">qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426695" id="-1426695">qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari hamda oʻzga qimmatliklarini xatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426696" id="-1426696">qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426697" id="-1426697">olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga kiritgan holda foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426698" id="-1426698">ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrab murojaat etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426699" id="-1426699">ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426700" id="-1426700">ijro yigʻimlarini, sud ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426701" id="-1426701">qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolaga nisbatan qidiruv eʼlon qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426702" id="-1426702">ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar boʻyicha, shu jumladan ijro usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426703" id="-1426703">ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlariga yordam soʻrab murojaat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426704" id="-1426704">ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga koʻra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426705" id="-1426705">ushbu Qonunda belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426707" id="-1426707">mol-mulkni baholash uchun mutaxassislarni jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426708" id="-1426708">qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426711" id="-1426711">Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426712" id="-1426712">60) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27970">86-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426713" id="-1426713"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27971">birinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426715" id="-1426715">“Agar sud ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari (ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish, ijro yigʻimini undirish, jarima solish va boshqalar) ijro ishini yuritishdagi taraflar va boshqa shaxslar manfaatlariga daxldor boʻlsa, sud ijrochisi tegishli qaror chiqaradi, u ijro ishiga qoʻshib qoʻyiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426716" id="-1426716">quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426717" id="-1426717">“Sud ijrochisining maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzilmagan holda chiqariladi va alohida ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilmasdan ijro etiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426718" id="-1426718"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27980">uchinchi qismi</a> toʻrtinchi qism deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426719" id="-1426719"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27980">toʻrtinchi qismidagi</a> “qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida sudga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426720" id="-1426720">61) quyidagi mazmundagi 86<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426721" id="-1426721">“86<sup>1</sup>-modda. Sud ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426722" id="-1426722">Xoʻjalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjati boʻyicha sud ijrochisining chiqargan qarori ustidan undiruvchi yoki qarzdor tomonidan ijro hujjatini bergan xoʻjalik sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga, qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda shikoyat berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426723" id="-1426723">Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan hollarda sud ijrochisining qarori ustidan qaror chiqarilganligi haqida xabar qilingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sud ijrochisi joylashgan erdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426724" id="-1426724">Sud ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426726" id="-1426726">62) quyidagi mazmundagi 89<sup>1</sup> va 89<sup>2</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426728" id="-1426728">“89<sup>1</sup>-modda. Sud departamentining faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426729" id="-1426729">Sud departamenti organlarining faoliyatini tashkil etish, vazifalari va funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426731" id="-1426731">Sud departamenti organlarida xizmatni oʻtash, Sud departamenti organlari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426732" id="-1426732">Sud departamenti organlari ijro ishi yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq taʼminlaydi. Ijro ishi yuritishlardagi ijro hujjatlarining va boshqa hujjatlarning olib qoʻyilishiga faqat sud qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426734" id="-1426734">Ijro ishi yuritishlarni olib borish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426735" id="-1426735">Sud departamenti Sud departamenti organlari tomonidan qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yuritadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1426736" id="-1426736">89<sup>2</sup>-modda. Ichki xavfsizlik inspeksiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426738" id="-1426738">Sud departamenti tizimida Ichki xavfsizlik inspeksiyasi tashkil etiladi, u Sud departamenti organlari xodimlari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha ish olib boradi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazadi, Sud departamenti organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan kadrlar bilan toʻldirish uchun nomzodlarni oʻrganadi, Sud departamenti organlari xodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, xodimlarning va ular oila aʼzolarining shaxsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426739" id="-1426739">Ichki xavfsizlik inspeksiyasi oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426740" id="-1426740">63) <a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27992">90-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426741" id="-1426741"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27993">birinchi qismidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan respublika budjeti mablagʻlari” degan soʻzlar “Sud departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426743" id="-1426743">quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426744" id="-1426744">“Sud departamenti organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Sud departamentiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sxemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426746" id="-1426746"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27994">ikkinchi qismi</a> uchinchi qism deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426747" id="-1426747"><a href="/ru/m/acts/-26477?ONDATE=01.01.2002 00#-27994">uchinchi qismidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5971434" id="-5971434">(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli <a href="/ru/m/acts/-5957612?ONDATE=13.04.2022 00#-5963411">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426750" id="-1426750"><strong>11-modda.</strong> Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1426751" id="-1426751">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1426752" id="-1426752">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1426753" id="-1426753">2009-yil 14-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1426754" id="-1426754">OʻRQ-199-son </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1425933" id="-1425933">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son; 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
