Национальная база данных законодательства Республики Узбекистан
ONLINE TRANSLATE
Maktab hududida o‘quvchilar uchun qanday talablar mavjud?

O‘quvchilar maktab binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, taʼlim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

Tashqi ko‘rinishga qo‘yiladigan boshqa taqiqlar:

o‘g‘il bolalar — tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yashi;

qiz bolalar — tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirishi.

Tartib buzganlik uchun javobgarlik

O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik maktab ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:

ogohlantirish;

kundalik daftariga qayd etish;

tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

mahalla yig‘ini va taʼlim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.