28.07.2026 yildagi KQ-375-V-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda turizm sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilib, viza tartibotlari soddalashtirilgan, transport infratuzilmasi va mehmonxonalar modernizatsiya qilingan, shuningdek, milliy turizm brendini xalqaro maydonda targʻib etish, ichki turizmni rivojlantirish, yangi sayyohlik yoʻnalishlarini yaratish va xizmatlar sifatini oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, 94 ta davlat bilan vizasiz rejim joriy etilgan. 52 ta mamlakat aholisi uchun respublikamizga elektron viza bilan tashrif buyurish, 45 ta mamlakat fuqarolariga respublikamizda besh kungacha tranzit vizasiz qolish imkoniyatlari yaratilgan. 30 dan ortiq davlatlarda taniqli shaxslar orasidan “Turizm elchilari” tayinlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2025-yillarda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar soni qariyb 6 barobarga oshib, 4,4 mingni tashkil etgan. 6 mingga yaqin joylashtirish vositalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, ulardagi oʻrinlar soni 185,6 mingni tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 5 barobarga koʻpaygan. Gidlar soni 4 barobarga oshib, 4,5 mingga yetgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent siti”, “Samarqand turizm markazi”, “Afsonalar vodiysi”, “Arda Xiva”, “Miraki turizm markazi”, “Beldersoy Resort” togʻ-changʻi kurorti, Aydar-Arnasoy koʻllari tizimida qirgʻoqboʻyi turizm dam olish maskani kabi koʻplab yangi yirik turizm obyektlari ishga tushirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu kabi chora-tadbirlar natijasida sayyohlar oqimida sezilarli oʻsish kuzatilgan. Xususan, 2025-yilda 200 ga yaqin davlatdan 11,7 mln chet el fuqarosi turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Turistlar soni 2024-yilga nisbatan 1,6 millionga yoki 16,1 foizga oshgan (2017-yilga nisbatan 4,3 barobarga koʻp).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda turizm xizmatlari eksporti 142 foizga oʻsib, 4,8 mlrd dollarga yetgan, jami xizmatlar eksportidagi ulushi 50 foizni tashkil qilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki turizm ham izchil rivojlangan. 2017-yilda mahalliy sayyohlar soni 10,6 millionni tashkil etgan boʻlsa, 2025-yilda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida 23,7 mln (oʻsish 2,2 barobar) fuqaro mamlakat boʻylab sayohat qilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiy forumi tomonidan 2024-yilda eʼlon qilingan Turizmni rivojlantirish indeksiga koʻra Oʻzbekiston oʻz pozitsiyasini avvalgi reytingga nisbatan 16 pogʻonaga yaxshilab, 78-oʻrinni egallagan. Shuningdek, 2019 — 2024-yillar davomida turizm jadal rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin olgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, oʻrganish va tahlillar turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashda oʻz yechimini kutib turgan ayrim masalalar hamda ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida belgilangan turizm sohasini rivojlantirishga oid ayrim vazifalar ijrosi taʼminlanmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2025-yilda xorijiy turistlarni Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha reja-jadval tasdiqlangan boʻlib, Quvayt, Latviya, Qatar, Avstriya, Indoneziya, Tailand va Singapur kabi xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan ushbu reja-jadval ijrosi 50 foizga ham bajarilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2025-yilda turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda apart-otel, kapsula uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish rejasi ijrosi bor-yoʻgʻi 1,5 foizga bajarilgan. Jumladan, Andijon, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida hokimliklar masʼulligida birorta kapsula va oʻtov uyi, apart-otel hamda modulli mehmonxona tashkil qilinmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori bilan tasdiqlangan Chortoq tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturida belgilangan “Turizm maskani”ni tashkil etish doirasida “Chortoq soy” qirgʻoq boʻyi hududidagi turizm yoʻnalishidagi investitsiya obyektlari muhandislik kommunikatsiyalarini yaxshilash boʻyicha ichimlik suvi tik qudugʻini qazish, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish ishlari Namangan viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan bajarilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm qoʻmitasi va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB masʼulligidagi “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti hududida “Grand Park Chimgan” MChJ va “Chirchik Chemical Trade” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan turizm loyihalarini foydalanishga topshirish ishlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi 57-sonli topshiriqlar bayoni) muddatidan kechiktirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik tahlili koʻrsatganidek, agroturizm, ijtimoiy, ekologik va sport turizmi kabi zamonaviy yoʻnalishlar turizmning alohida turlari sifatida qonunchilikda eʼtirof etilgan boʻlsa-da, ularning huquqiy maqomi yetarli darajada tartibga solinmagan. Jumladan, turizmning mazkur turlarini tashkil etish tartib-taomillari, xavfsizlik talablari, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari belgilanmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik yigʻimni undirish tartib-taomillarida joylashtirish vositalari uchun turistik yigʻimni qismlarga boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmi va imkoniyati nazarda tutilmagani tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatiga taʼsirini koʻrsatib, ularning murojaatlariga sabab boʻlmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashrif buyurgan jami turistlar oqimida uzoq mamlakatlardan kelgan turistlar ulushi past, 2025-yilda ularning ulushi bor-yoʻgʻi 9,3 foizni tashkil etgan. Xorijiy turistlarning asosiy qismi qoʻshni davlatlardan qarindoshlarni koʻrish maqsadida tashrif buyurgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi imkoniyatlari toʻliq ishga solinmagan. Keyingi yillarda xususiy klinikalar soni bir necha baravarga oshgan boʻlishiga qaramay, respublikamizda faqatgina 1 ta xususiy tibbiyot muassasasi xalqaro sertifikatga (JCI) ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024 — 2027-yillarda tibbiyot va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosi toʻliq bajarilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, davolanish maqsadida 2025-yilda tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 86,2 mingni (rejaga nisbatan 37,4 foiz) tashkil qilib, 2024-yilga (104,8 ming) nisbatan qariyb 19 foizga kamaygan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizmning ekoturizm, gastronomik va tibbiy turizm, shuningdek, MICE turlarining yetarli darajada rivojlanmagani sayyohlarning mamlakatimizda boʻlish muddatlari davomiyligiga taʼsirini koʻrsatmoqda. Xususan, Andijon va Fargʻona viloyatlarida gastronomik turizm yoʻnalishida maxsus turistik obyektlar deyarli shakllanmagan. Sanoat turizmini rivojlantirish boʻyicha yetarlicha imkoniyatlar boʻlishiga qaramay, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida industrial turizm obyektlari tashkil qilinmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda turistik agentliklar va turoperatorlar tomonidan respublika boʻyicha koʻrsatilgan turistik xizmatlar umumiy hajmida Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining ulushi 1 foizga ham yetmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loukoster aviakompaniyalar yetishmasligi, xalqaro parvozlar narxi boshqa davlatlarning turistik yoʻnalishlardagi narxlariga nisbatan yuqoriligi sababli sayyohlar respublikamizga asosan quruqlik orqali kirib kelmoqda, bu esa sohaning daromad salohiyatini cheklamoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ingliz tilidan tashqari boshqa xorijiy tillarni, shu jumladan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari tillarini biladigan malakali gid-ekskursovodlarga boʻlgan ehtiyoj oshmoqda. Ayniqsa, Xitoy va arab davlatlaridan tashrif buyurayotgan investorlar hamda sayyohlar sonining oxirgi yillarda 3-4 barobarga koʻpaygani mazkur tillarda xizmat koʻrsata oladigan gidlarni tayyorlash masalasining dolzarbligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati bilan bogʻliq bir qator tizimli muammolar mavjud. Xususan, ayrim joylashtirish vositalari xalqaro standartlarga toʻliq javob bermaydi, xizmatlar narxi va sifati oʻrtasida mutanosiblik taʼminlanmagan. 2025-yilda 164 ta joylashtirish vositasi sertifikatsiz faoliyat yuritgan, 201 tasi asossiz ravishda toifasini (yulduzini) oshirib koʻrsatgan, 32 tasi turini (motel, mehmonxona va boshqalar) notoʻgʻri aks ettirgan holda xizmat koʻrsatib kelgan. Turistik faoliyat bilan litsenziyasiz va tegishli ruxsatnomasiz shugʻullanish boʻyicha 52 ta (shu jumladan, Namangan shahrida 10 ta, Buxoro shahrida 25 ta va Xiva shahrida 27 ta) holat aniqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, 2025-yilda “Umra” tadbirlarini noqonuniy tashkil etish bilan bogʻliq 178 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, joriy yilning birinchi choragida ushbu koʻrsatkich 16 tani tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sohada norasmiy iqtisodiyotning ulushi yuqori, tadbirkorlik subyektlariga shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yetarlicha emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisobotlari tahliliga koʻra 2024-yilda 79 ta mehmonxonaning umumiy tovar aylanmasi (1 mlrd soʻm) resurs soliqlari boʻyicha foydalanilgan imtiyozlardan (12 mlrd soʻm) 11 barobarga kam boʻlgan, shundan 54 ta mehmonxona tovar aylanmasini umuman koʻrsatmasdan 6,6 mlrd soʻmlik imtiyozlardan foydalangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, 2024-yilda resurs soliqlari boʻyicha imtiyozlardan foydalangan 24 ta mehmonxonaning 21 tasida xodimlar soni 1 nafar etib koʻrsatilgan boʻlsa, 3 tasida xodim umuman qayd etilmagan. Vaholanki, mazkur mehmonxonalar tomonidan 2024-yilda foydalanilgan imtiyoz 2 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yilda turizm sohasida faoliyat yuritgan 800 dan ziyod (2024-yilga nisbatan 6 barobarga koʻp) korxona faoliyati tugatilgan boʻlsa, joriy yilning 1 yanvar holatiga 1 mingga yaqini faoliyat koʻrsatmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turistik obyektlarga kirish chiptalari narxlarini belgilashda prognoz qilinadigan mexanizmning yoʻqligi turoperatorlar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, turistik paketlarni shakllantirish hamda xorijiy hamkorlar oldidagi shartnomaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun hunarmandlar, ularning faoliyati va mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Elektron katalog” tizimi (“craftforum.uz” domenida) ishga tushirilgan boʻlsa-da, u foydalanuvchilarni oʻziga jalb etmaydi, maʼlumotlar tizimli yangilanib borilmagan, kontentlar faqat oʻzbek tilida taqdim etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari yuzasidan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A. Aqqulovning turizm sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi A. Agzamxodjayevning turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Turizm qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan ayrim vazifalarning ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Turizm qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻrganish va tahlillar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Hukumatga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil yakuniga qadar mamlakatimizning turizm salohiyatini Amerika qitʼasi, Fors koʻrfazi davlatlari, Hindiston va Skandinaviya kabi ustuvor bozorlarda keng targʻib qilishga qaratilgan zamonaviy marketing vositalari va mexanizmlarini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-2027-yillarda gastroturizm, geoturizm, tibbiy, sport va ekologik turizm, MICE kabi turizm turlari boʻyicha obyektlar roʻyxatini shakllantirib, turkompaniyalarga taqdim etsin hamda OAV vakillari va tadbirkorlar ishtirokida info-turlar tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning xalqaro turistik platformalardagi ishtirokini kengaytirish va raqamli kontentni rivojlantirish, shuningdek, yirik media resurslar hamda taʼsir doirasi keng boʻlgan bloger va inflyuenserlarni jalb qilish ishlarini jadallashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda olti oy muddatda agroturizm, geoturizm, ijtimoiy, ekologik va sport turizmini huquqiy tartibga solish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgansin, ularni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan, zarur boʻlganda normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport va Madaniyat vazirliklari bilan birgalikda changʻi, snoubord kabi qishki sport turlarini, madaniy festivallar, biznes-turizm, sogʻlomlashtirish markazlari infratuzilmasini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy etish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda targʻib etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil yakuniga qadar sohadagi qonunbuzilish holatlari, shu jumladan, litsenziyasiz turistik xizmatlar koʻrsatish holatlarining oldini olish maqsadida profilaktika tadbirlarini kuchaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlariga tashrif buyurayotgan investor va sayyohlarning ingliz tilidan tashqari boshqa xorijiy tillarni, shu jumladan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari tillarini biladigan malakali gid-ekskursovodlarga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilib, ushbu tillarda gid-ekskursovodlik qiladigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti hududida muddatidan kechiktirilayotgan turizm loyihalarning muammolarini oʻrganib, ularni moliyalashtirish, qurilish ishlarini jadallashtirish va oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda joylashtirish vositalari uchun turistik yigʻimni qismlarga boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmini hamda toʻlov oyi yakunida qarzdorlikka yoʻl qoʻygan joylashtirish vositalariga nisbatan qarzdorlikni undirish boʻyicha talabnoma kiritish tizimini joriy etish imkoniyatlarini oʻrgansin hamda natijalari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda Andijon va Fargʻona viloyatlarida gastronomik turizm yoʻnalishida maxsus turistik obyektlarni hamda Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida industrial turizm obyektlarini tashkil qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank hamda Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda turizm salohiyati yuqori boʻlgan, shuningdek, chegara va anklav hududlardagi mahallalarda “Green House” tipidagi oilaviy mehmon uylarini kengaytirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining imkoniyatlari, shu jumladan, mehmon uylarini qurish, taʼmirlash, ularni energiya tejamkor texnologiyalar va boshqa texnikalar bilan jihozlash uchun nazarda tutilgan imtiyozlar toʻgʻrisida turizm va xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng koʻlamli targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borsin hamda ushbu yoʻnalishdagi loyihalarni imtiyozli kredit liniyalari orqali moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda barcha turistik hududlarda NFS-belgi, QR-kod orqali mobil toʻlovlarni keng joriy etish hamda turistik kartalarni chiqarish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashqi ishlar vazirligi Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplomatik vakolatxonalar faoliyati samaradorligini baholovchi aniq KPI tizimi (jalb qilingan turistlar soni, oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari, tuzilgan turoperatorlik kelishuvlari va boshqalar) asosidagi koʻrsatkichlarning bajarilishini monitoring qilib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorak yakuni bilan kompleks tahlillarni oʻtkazsin va past koʻrsatkichlarga ega vakolatxonalar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar toʻgʻrisida joriy yil yakuni bilan 2027-yilning 1-fevraliga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda loukoster aviakompaniyalarni jalb etish orqali xalqaro parvozlar narxini pasaytirish, aeroport va boshqa transport tugunlarida noqonuniy taksi xizmatlarini bartaraf etish hamda xorijiy turistlar uchun xavfsiz va qulay transport muhitini yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Savdo-sanoat palatasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun hunarmandlar, ularning faoliyati va mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Elektron katalog” tizimini (“craftforum.uz”) takomillashtirish, shu jumladan, elektron savdo platformalari bilan integratsiya qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi Turizm qoʻmitasi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi imkoniyatlaridan toʻliq hamda samarali foydalanish yuzasidan quyidagilar nazarda tutilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar kesimida mavjud salohiyatni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ixtisoslashgan tibbiy xizmat turlarini kengaytirish hamda yetakchi xorijiy klinikalarning ilgʻor tajribasini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy tibbiyot muassasalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini izchil rivojlantirish, ushbu sohadagi xizmatlarning xalqaro standartlar asosida sifatini oshirish orqali raqobatbardoshligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy xizmatlarni xorijiy bozorlarda faol targʻib qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Madaniy meros agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Turizm qoʻmitalari bilan birgalikda ikki oy muddatda turistik obyektlarga kirish chiptalari narxlarini belgilash boʻyicha shaffof, yagona va prognoz qilinadigan mexanizmni joriy etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ichki ishlar vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda mehmonxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining mijozlarni “e-mehmon” platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish holatini tekshirishga oid qonunchilikni tahlil qilib, huquqiy boʻshliqlar va kolliziyalarni bartaraf etish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Din ishlari boʻyicha qoʻmita Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umra” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimini joriy etsin va xizmat koʻrsatish sifati toʻgʻrisida jamoatchilikni muntazam xabardor qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi oʻrtasida “Umra” tadbirlarini litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik shaxslar orqali tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xavflar yuzasidan keng koʻlamli profilaktika va tushuntirish ishlarini kuchaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy tarmoqlar, Internet saytlari va messenjerlar orqali tarqalayotgan “Umra” ziyorati xizmatlariga oid noqonuniy reklama va soxta takliflar oʻz vaqtida aniqlanishini hamda ularga nisbatan tezkor choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turizm qoʻmitasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda joylashtirish vositalari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar soliq hisobotlarida aks ettirilmaslik holatlarining oldini olish maqsadida “e-mehmon” platformasining Soliq qoʻmitasi axborot tizimi bilan toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turizm sohasidagi soliq imtiyozlarining samaradorligini har chorak yakuni bilan baholab borish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohada norasmiy iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida joylashtirish vositalari tomonidan imtiyozlardan toʻgʻri foydalanish, soliq hisobotlarini toʻgʻri shakllantirish boʻyicha profilaktika tadbirlari hamda targʻibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Namangan viloyati hokimligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda Chortoq tumanini 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida “Chortoq soy” qirgʻoq boʻyi hududidagi turizm yoʻnalishidagi investitsiya obyektlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish ishlarini jadallashtirib, joriy yilning 1-oktabriga qadar foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xorazm viloyati hokimligi ikki oy muddatda Hazorasp, Bogʻot va Yangiariq tumanlarining turistik salohiyatini rivojlantirish boʻyicha alohida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turistik yoʻnalishlarni diversifikatsiya qilish, hududlarda transport logistikasi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda zamonaviy turizm navigatsiyasi tizimini rivojlantirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda investorlarni jalb qilgan holda hududlarda kapsula va oʻtov uylari, apart-otel hamda modulli mehmonxonalarni barpo etish boʻyicha manzilli investitsiya loyihalarini shakllantirsin va amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va milliy turizm yarmarkalari, koʻrgazmalar, taqdimotlar hamda biznes-forumlarda turizm sohasi vakillari va tadbirkorlik subyektlarining faol ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Qaror bilan Hukumatga kiritilishi nazarda tutilgan takliflarni oʻrganib chiqsin, ularni tahlil qilish va umumlashtirish asosida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha zarur choralarni belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni 2027-yilning 10-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda reja-grafik asosida hududlarning turistik salohiyati, mavjud zaxiralari hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlarini muntazam oʻrganib borsin, turizm sohasini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlasin, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqsin hamda mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishida masʼul vazirlik va idoralarga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hudud iqtisodiyotida turizmning oʻrni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi hamda maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini monitoring qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi A. Agzamxodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KQ-375-V-son