Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan shaharlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A. Aqqulovning javobi haqida
«Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan shaharlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A. Aqqulov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. XODJAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 13-yanvar,
1643-V-son