1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda “mahsulot” deb yuritiladi) aholining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida isteʼmolchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarning oʻzaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini taʼminlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xoʻjaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha turdagi resurslar tejalishiga koʻmaklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini taʼminlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot bilan taʼminlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini taʼminlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashdan iboratdir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Standartlashtirish tizimi
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini oʻtkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat koʻrsatadi.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlashni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq xoʻjaligi tarmoqlarida — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
(2-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
(2-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiyot uchun moʻljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import boʻyicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
(2-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 3-apreldagi OʻRQ-202-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 172-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzstandart” agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini oʻtkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni oʻz vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamgʻarmalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor isteʼmolchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, Oʻzbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan taʼminlaydilar.
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taʼriflanganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II BOʻLIM. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotning standartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
(6-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yagona uzluksiz taʼlim tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat taʼlim standartlari ishlab chiqiladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qoʻllash tartibi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qoʻllaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qoʻllash tartibini “Oʻzstandart” agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari oʻz vakolatlari doirasida belgilaydilar.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boʻlishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha toʻsqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
(6-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini taʼminlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga moʻljallangan, anʼanaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan oʻzgartishlar “Oʻzstandart” agentligi organlarida haq olmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. “Oʻzstandart” agentligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
(6-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va oʻzaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamgʻalash birligini taʼminlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik faoliyati subyektlari rioya etishi uchun majburiydir.
(6-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonunchilikda nazarda tutilgan oʻzga talablar ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
(6-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import mahsulot, basharti u Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan boʻlsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
(6-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qoʻllanilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini oʻz ichiga olishi lozim.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qoʻllanilishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III BOʻLIM. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Davlat nazorati organlari va obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik faoliyati subyektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy boʻysunuvi va mulk shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik faoliyati subyektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, taʼmirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik faoliyati subyektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.
(8-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
(9-moddaning 2-qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyati subyektidan davlat nazoratini oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat nazoratini oʻtkazishda xoʻjalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlashtirish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni oʻtkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, oʻlchovlarni) oʻtkazish xarajatlari tekshirilayotgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik faoliyati subyekti tekshiruvdan boʻyin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari:
(9-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlarni buzganlikda aybdor boʻlgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlashda mutlaq huquqqa egadir.
(9-moddaning uchinchi qismini ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
(9-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
(9-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(9-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Davlat yoki tijorat sirini oshkor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 162, 191-moddalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207 va 208-moddalariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.03.00 Maʼmuriy jazolar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Standartlarni buzish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 212-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV BOʻLIM. DAVLAT YOʻLI BILAN STANDARTLAShTIRISh VA NAZORAT QILIShGA DOIR IShLARNING MOLIYAVIY TAʼMINOTI. STANDARTLARNI QOʻLLAShNI RAGʻBATLANTIRISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Davlat yoʻli bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy taʼminoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq standartlashtirish obyektlari boʻyicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini taʼminlash;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular toʻgʻrisida rasmiy axborot tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlashtirish boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va oʻzga ishlarni olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalangan mahsulot va xizmatlar Davlat reyestrini shakllantirish hamda yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlashtirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan oʻzga ishlar davlat yoʻli bilan moliyaviy taʼminlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reyestriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan (qayta nashr etilgan) katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablagʻlar, shuningdek ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yoʻllanadigan qismi ham standartlashtirish, standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy taʼminlash manbalari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika budjeti mablagʻlaridan toʻliq yoki qisman taʼminlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan taʼminlash boʻlimlari nazarda tutilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga moʻljallangan, anʼanaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni oʻz ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xoʻjalik faoliyati subyektlari iqtisodiy qoʻllab-quvvatlanishi va ragʻbatlantirilishini kafolatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash huquqini olgan xoʻjalik faoliyati subyektlarini iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1002-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 46-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 15-son, 172-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)