Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI OʻRTASIDAGI XALQARO ZAYoM VA KAFOLATLI ShARTNOMALAR HAMDA BITIMLARNI TUZISh VA DENONSATSIYA QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ushbu Qonun chet el sarmoyalarini jalb etish jarayonini tezlashtirishni taʼminlovchi zarur huquqiy sharoitlarni yaratadi.
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi toʻla huquqli aʼzo boʻlgan xalqaro moliya institutlari bilan zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni imzolash va denonsatsiya qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisiga va u vakolat bergan idoralarga tegishlidir.
2-modda.
Xalqaro moliya institutlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda u vakolat bergan organlar tomonidan tuzilgach, ratifikatsiya qilinmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
850-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 234-modda)