05.01.2006 yildagi PF-3706-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror oʻsishini taʼminlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila budjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band boʻlmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda kasanachilar ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar tayinlash huquqi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xomashyo va materiallarni yetkazib berish asosida oilaviy pudratni rivojlantirish fuqarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu bilan birga, past rentabelli va koʻp mehnat sarfi talab qilinadigan mahsulotlarning ayrim turlarini uy sharoitida ishlab chiqarishni oʻzlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu, oʻz navbatida, yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, oila budjeti daromadlarini koʻpaytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va baʼzi bir xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish orqali yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar kasanachilikni rivojlantirishning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat qonunchiligini takomillashtirish, kasanachilar ijtimoiy himoyasi va mehnati muhofazasini taʼminlashni inobatga olgan holda aholini uy mehnati faoliyatiga keng jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat korxonalari bilan ularning buyurtmalari asosida uyda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish, birinchi navbatda, sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish imkonini beradigan tikuvchilik, attorlik, ipakchilik, qayta ishlash, mebel, elektron sanoatida, shuningdek, telekommunikatsiya, servis va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarning buyurtmalari asosida uyda ishlayotgan fuqarolarga buyurtmachilar tomonidan xomashyo, materiallar va yarimfabrikatlarni yetkazib berish hamda buyurtma asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni kafolatlashda barqaror sharoitlar yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarning buyurtmalari uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) tomonidan mehnat shartnomasi asosida bajariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar bilan mehnat shartnomasi tuzgan kasanachilar band aholi toifasiga kiradi va ularga elektron mehnat daftarchasi shakllantiriladi, pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar tayinlashda ishlagan vaqti mehnat stajiga qoʻshiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan turar joylarni yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat shartnomasida ishlarni bajarish uchun zarur uskunalar yetkazib berish va ularga texnik xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish, asboblar, jihozlar, materiallar va yarimfabrikatlar bilan taʼminlash, kasanachilarni majburiy tarzda texnika xavfsizligiga oʻqitish hamda buyurtmachi talab qilgan sifat standartlari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashib ketish, bajarilgan ish uchun hisob-kitob qilish boʻyicha korxonalarning kasanachilar oldidagi kafolat va majburiyatlari koʻzda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korxonalarga mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga korxonalar buyurtmasi boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishni va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun asbob-uskuna, jihozlar va inventarlarni tekin yoki ijara sharti bilan berish, jumladan, lizing (moliyaviy ijara) asosida taqdim etish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus texnika xavfsizligiga amal qilishni taqozo etadigan uy sharoitida nazorat qilish imkoni boʻlmagan, kuchli tok bilan ishlaydigan, katta energiya talab qiladigan, texnik jihatdan murakkab boʻlgan uskunalarni, shuningdek, xavfli kimyoviy birikmalarni kasanachilarga berish, ijara va lizing asosida taqdim etish hamda ulardan uy sharoitida foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilar buyurtmachi-korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga toʻliq amal qilgan taqdirda, uy sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni qoʻshimcha sertifikatlash va standartlash talab etilmaydi. Bunda uyda ishlab chiqarilgan mahsulot sifati boʻyicha belgilangan standartlarga rioya qilish boʻyicha masʼuliyat, u sanoat korxonalariga qaytarilganda — kasanachilar zimmasiga, oxirgi isteʼmolchiga sotishda esa sanoat korxonasi zimmasiga yuklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan korxonalarga kasanachilar tomonidan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qaytarilishi ulgurji savdo hisoblanmaydi va litsenziyalanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasanachilar faoliyati buyutrmachi-korxona qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirilgandagina nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Kasanachilik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda kasanachilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, ularga uskunalar berish va texnik xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish, asboblar, xomashyo va materiallar taqdim etish, kasanachilar xarajatlarini qoplash tartibini, ularni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari, tomonlarning oʻzaro javobgarligi choralari, shuningdek, ushbu Farmonda koʻzda tutilgan imtiyozlarni qoʻllashda suiisteʼmolchiliklarning oldini olish boʻyicha soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimini belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik va raqobatni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish dasturlarida 2006-2007-yillarda kasanachilikni ommalashtirishga doir tadbirlarni koʻzda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur dasturlar ijrosi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin hamda hududlar va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama etishda har bir chorak natijalari boʻyicha ularning amalga oshirilishini koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3706-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 1-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda; 2013-y., 52-son, 689-modda; 2017-y., 21-son, 380-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)