Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.11.2003 yildagi 493-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOShKENT—ChIMYoN—ChORVOQ DAM OLISh ZONASI AVTOMOBIL YOʻLINI MUKAMMAL TAʼMIRLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish maskanlariga olib boradigan avtomobil yoʻlida avtotransportning xavfsiz yurishini taʼminlash hamda haydovchi va yoʻlovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek avtosayyohlarning tobora koʻpayib borayotganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2003-yil va 2004-yilning birinchi yarmida Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini xalqaro standartlar darajasida mukammal taʼmirlash va qayta qurish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-koʻprik ishlarini loyihalashtirish va ularni bajarish boʻyicha — “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bosh buyurtmachi va bosh pudratchi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr uzatish tarmoqlarini koʻchirish ishlarini loyihalashtirish va ularni bajarish boʻyicha — “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bosh pudratchi etib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa tarmoqlarini koʻchirish ishlarini loyihalashtirish va ularni bajarish boʻyicha — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh pudratchi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini loyihalashtirish va taʼmirlash-qurilish ishlarini moliyalashtirish manbasi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi (Respublika yoʻl jamgʻarmasi) “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomasi asosida 2003-yilning oxirigacha Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini loyihalashtirish, mukammal taʼmirlash va qayta qurish ishlari avanslashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2003-yilning 15-dekabrigacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda ishchi hujjatlar bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqsin va tasdiqlansin, ular asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika yoʻl jamgʻarmasining 2004-yilgi xarajatlar smetasida koʻrsatib oʻtilgan ishlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-martdagi 130-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan obyekt qurilishida bevosita ishlayotgan barcha toifadagi xodimlarning oylik ish haqiga 1,3 koeffitsiyent belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-martdagi 130-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toshkent viloyati va Toshkent shahar xokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vaqtida yer ajratilishi, imoratlar buzilishini va avtomobil yoʻli boʻyi obodonlashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xodimlar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini, ular joylashtirilishini va ovqatlanishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-martdagi 130-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
493-son