Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA TAShQARISIDA TOVARLAR SOTIShNI RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son farmoni)”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasiga oziq-ovqatlar, xalq isteʼmol tovarlari, xomashyo, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi boshqa materiallarni olib kelishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi respublikada ishlab chiqariladigan xalq isteʼmol tovarlarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini boshqa mintaqalardagi savdo uylari hamda xoʻjalik hisobidagi firmalar orqali sotish uchun chiqarishni koʻpaytirish va kengaytirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni koʻrsinlar. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xoʻjalik organlari, toʻgʻridan toʻgʻrigorizontal aloqalarni rivojlantirgan holda, respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sanoatning uzluksiz ishlashi uchun zarur boʻlgan chetdan keltiriladigan xomashyo, materiallar va asbob-uskunalarga ayirboshlashni amalda keng joriy qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 129-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari mazkur qarorning 2-bandi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda xalq isteʼmol tovarlarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini MDHning boshqa mintaqalarida tashkil etilgan savdo uylarida va xoʻjalik hisobidagi firmalarda sotish uchun respublika tashqarisiga chiqarishga ruxsat etsinlar.
4. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasining talabnomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan mintaqalarda ishlab turgan savdo uylariga va xoʻjalik hisobidagi firmalarga olib ketiladigan xalq isteʼmol tovarlarini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish uchun zarur transport vositalarini ajratsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv hamda “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi tomonidan boshqa mintaqalarda tashkil etilgan savdo uylari va xoʻjalik hisobidagi firmalar orqali sotish uchun olib ketiladigan xalq isteʼmol tovarlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga soliq stavkalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 129-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
8. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, konsernlari va birlashmalari ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida har 15 kunda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib tursinlar.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 11-noyabr,
546-son