28.09.2026 yildagi O‘RQ-1179-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 7-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 9-iyulda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimizda qurilish sohasi jadal rivojlanib, qurilayotgan koʻp kvartirali uylar soni koʻpayib bormoqda. Shuningdek dunyoda yuz berayotgan kuchli va talafotli zilzilalar sonining ortishi aholi hayotiga hamda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalariga jiddiy xavf solmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu sababli qurilish sohasidagi davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini va seysmik xavfsizligini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, koʻp kvartirali uylarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda va shunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari muvofiqlashtirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qurilish-montaj ishlarini boshlash haqidagi xabarnoma yuborilishi oʻrniga qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ushbu ishlarni boshlash uchun ruxsatnoma olinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilmoqda hamda shaharsozlik hujjatlari tarkibiga master-reja ham kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun qurilish sohasidagi davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishga, qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini va seysmik xavfsizligini taʼminlashga, tegishli subyektlarning bu boradagi vakolatlarini aniqlashtirishga hamda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar, № 8, 968-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1156-modda, № 11, 1236-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda, № 3, 249, 250, 253-moddalar) 2293-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismning dispozitsiyasidagi “Obyektlarni” degan soʻz “Obyektlarni (bundan koʻp kvartirali uylar mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Koʻp kvartirali uylarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — yettinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchi qismdagi “uchinchi” degan soʻz “toʻrtinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1084-moddalar, № 12, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda, № 6, 727-modda, № 8, 968, 969-moddalar, № 9, 1042-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 345-moddaning ikkinchi qismidagi “2293-moddasi oltinchi qismida” degan soʻzlar “2293-moddasi yettinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 3812-modda birinchi qismining 1-bandidagi “2293-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida” degan soʻzlar “2293-moddasi birinchi — oltinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar; 2026-yil, № 1, 2, 6-moddalar, № 2, 131, 133-moddalar, № 3, 249, 250-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqqizinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Obyektlarni (bundan koʻp kvartirali uylar mustasno) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz yoki Transport nazorati inspeksiyasini xabardor qilmasdan qurish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Koʻp kvartirali uylarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — toʻrt yuz ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi — oʻn uchinchi qismlari tegishincha oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn ikkinchi qismidagi “oʻninchi” degan soʻz “oʻn birinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “94” raqami “94-moddalarida, 99-moddasining oʻninchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismidagi “99-moddasining birinchi — yettinchi, toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga oid qismida), 99-moddasining oʻn ikkinchi qismida” degan soʻzlar “99-moddasining birinchi — yettinchi, toʻqqizinchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga oid qismida), 99-moddasining oʻn uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 24512-moddaning birinchi qismidagi “99-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “99-moddasining oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 2664-moddaning uchinchi qismidagi “178-moddasida” degan soʻzlar “99-moddasi oʻninchi qismida hamda 178-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1010-modda; 2024-yil, № 8, 830, 831-moddalar, № 9, 961-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643-modda, № 12, 1329-modda; 2026-yil, № 2, 132-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 17-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 20-modda ikkinchi qismining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma uchinchi, yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilari tegishincha yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 21-moddaning birinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ushbu Kodeks 561-moddasining talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talablar asosida ishlab chiqilgan master-rejalarni tasdiqlaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qurilish-montaj ishlarini boshlashga hamda qurilishi tugallangan obyektlardan foydalanishga ruxsat beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlar seysmik xavfsizligi taʼminlanishining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachining va mualliflik nazoratini amalga oshirish boʻyicha ishlab chiquvchining ishlarini tekshiradi, shuningdek texnik va mualliflik nazorati sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, ularni javobgarlikka tortish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi boʻyicha tasniflashda, shuningdek binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 44-modda birinchi qismining 4-bandi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“master-reja”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 45-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish muddati bir oydan, master-rejalarni kelishish muddati esa oʻn ish kunidan oshmasligi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) quyidagi mazmundagi 561-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“561-modda. Master-rejalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Master-reja hududlardagi aniq muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan, shuningdek hududlarning qismlarini iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida mavjud muammolarning aniq yechimlarini va mazkur yechimlarni amalga oshirish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan shaharsozlik hujjatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Master-rejalarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 10, 1155-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1322-modda; 2026-yil, № 1, 2, 4-moddalar, № 2, 133-modda, № 3, 253, 255-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 331-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“

331.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma, bundan avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari mustasno

Qurilish-montaj ishlarini olib borish, bundan avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari mustasno.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-pozitsiyasining “Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar)” degan ustunidagi “Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish uchun” degan soʻzlar “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 3-ilovaning 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“

 

19.

Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik toʻgʻrisida xabarnoma

Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarini olib borish.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II boʻlimi quyidagi mazmundagi 331-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“

331.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma, bundan avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari mustasno

200

”;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III boʻlimi 13-pozitsiyasining “Xabarnomaning nomi” degan ustunidagi “Qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik haqidagi xabarnoma” degan soʻzlar “Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik haqidagi xabarnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-713-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 9, 900-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomidagi “Qurilish vazirligining” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshisidagi “hamda nazorat qiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismidagi “Qurilish vazirligi” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlar seysmik xavfsizligi taʼminlanishining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi boʻyicha tasniflashda, shuningdek binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan hamda inspeksiya nazorati predmetiga kiruvchi barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash, shuningdek mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Seysmik faol zonalarda joylashgan III-IV toifadagi obyektlar zaruratga koʻra, shuningdek ularning konstruksiyalariga favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar yetkazilgan taqdirda, zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi qismidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-1179-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026-y., 03/26/1179/0970-son)