|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Yangi Oʻzbekistonda “inson uchun” tamoyili asosida inson huquqlari ustuvorligini taʼminlash, davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada yaxshilash orqali fuqarolarning ovoragarchiligini kamaytirish va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida qaror qilaman: I. Mulkiy huquqlarni rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish 1. Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligining 2027-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin: (a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytida huquq egasi oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat etmaganligi aniqlanganda maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllamasdan kechiktirish muddatidan kelib chiqib roʻyxatdan oʻtkazish uchun oshirilgan stavkalarda toʻlov undirish tizimini joriy etish; (b) soliq toʻlovchiga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joy meros tartibida yoki yaqin qarindoshidan hadya sifatida olingan boʻlsa, ushbu turar joyni sotishdan olingan daromadga soliq solinmasligi uchun belgilangan muddatni vasiyat qiluvchi yoki hadya qiluvchining mazkur turar joyga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab hisoblash. 2. Belgilansinki, taqiq yoki xatlov qoʻyilgan turar joyga garovga oluvchining roziligisiz yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beriladi. Bunda roʻyxatdan oʻtkazilayotgan shaxs mulkdorning (garovga oluvchining, taqiqni qoʻyishga yoki yechishga masʼul organning) ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinishiga avvaldan rozilik berishi zarur. II. Elektron davlat xizmatlari ommabopligini oshirish va fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish 3. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) quyidagi xizmatlar joriy etilsin: (a) jismoniy va yuridik shaxslarga oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qoʻyishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qoʻyish yoki uni bekor qilish. Bunda taqiq jismoniy shaxslar tomonidan Face-ID vositasida identifikatsiyadan oʻtgan holda, yuridik shaxslar tomonidan esa ularning muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari) umumiy yigʻilishining qarori asosida elektron raqamli imzo orqali qoʻyiladi; (b) fuqarolarning oʻz nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari toʻgʻrisida maʼlumot olish va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish: (i) telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga oʻtkazish (faollashtirish) va oʻzi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish haqida arizalar kiritish; (ii) telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida maʼlumot olish; (iii) bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish; (v) fuqaroning nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda avtomatik tarzda uni Yagona portal orqali xabardor qilish va ular hisobini yuritish. 4. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar Yagona portalda fuqarolar uchun oʻz xizmatlarini taklif etayotgan tijorat banklarining virtual toʻlov kartasini tanlov asosida ochish va oʻzining bank plastik kartasini biriktirish, ushbu kartalar orqali davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, ortiqcha yoki notoʻgʻri toʻlangan mablagʻlarni yoxud davlat xizmatini koʻrsatishni kechiktirganlik (asossiz rad etganlik) uchun toʻlovlarni avtomatik tarzda oʻzining kartasiga qaytarish imkoniyatini joriy etsin. 5. Belgilansinki, fuqarolardan Yagona portalda virtual toʻlov kartasini ochish, uni tegishli tijorat banklarining infratuzilmasidan foydalangan holda mablagʻ bilan toʻldirish va virtual toʻlov kartasidagi pul mablagʻlarini oʻziga tegishli bank plastik kartalariga oʻtkazish uchun komissiya toʻlovlari undirilmaydi. 6. Voyaga yetmagan shaxslar oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish yuzasidan sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinsin. 7. Adliya vazirligi Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda voyaga yetmagan shaxslar oʻz huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. III. Proaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish 8. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi kabi birlamchi maʼlumotlari oʻzgarganda oʻzida ushbu maʼlumotlarni aks ettiruvchi davlat organlariga tegishli axborot tizimlaridagi maʼlumotlarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Bunda: (a) birlamchi maʼlumotlarni oʻzgartirgan adliya organi bu haqda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ushbu maʼlumotlar bilan ishlovchi davlat organlariga xabarnomalar taqdim etadi va tegishli elektron shakldagi hujjatlarga fuqarolarning qoʻshimcha arizalarisiz oʻzgartirish kiritadi; (b) jismoniy shaxsga Yagona portal orqali uning birlamchi maʼlumotlari oʻzgarganligi haqida real vaqt rejimida maʼlumotnoma beriladi; (v) jismoniy shaxsning birlamchi maʼlumotlari oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotnoma asosida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar qayta rasmiylashtirib beriladi. 9. Birlamchi maʼlumotlar oʻzgarganda avtomatik tarzda oʻzgartirish kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 10. Adliya vazirligi Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-noyabrga qadar koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalariga qoʻyilgan taqiqni kreditlar toʻliq soʻndirilganda proaktiv shaklda yechishni yoʻlga qoʻysin. IV. Reklama sohasidagi munosabatlarni tartibga solish 11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq fuqarolarning reklama qoʻngʻiroqlari va xabarnomalariga oid huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-noyabrdan boshlab: (a) mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yoʻli bilan tovar (ish, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxslar faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan soʻng ushbu harakatlarni (reklamani) amalga oshiradi; (b) mobil aloqa vositalariga reklama qoʻngʻiroqlari va SMS-xabarnomalarni joʻnatish xizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar oʻzlarining axborot tizimlarini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazgandan keyin tegishli xizmatlarni koʻrsatishiga yoʻl qoʻyiladi; (v) reklama qoʻngʻiroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 09.00 gacha tarqatish taqiqlanadi; (g) mobil aloqa operatorlariga oʻzlari tomonidan tarqatiladigan reklama qoʻngʻiroqlari va xabarnomalarini abonent soʻroviga koʻra toʻliq yoki qisman bloklash majburiyati yuklatiladi; (d) mazkur bandda belgilangan talablarga rioya etmaslik reklama hamda shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va tegishli choralar koʻrish uchun asos boʻladi. 12. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Markaziy bank hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: (a) jismoniy shaxslarga moʻljallangan kredit, muddatli toʻlov, nasiya savdoga oid har qanday reklamada tovarning (ishning, xizmatning) joriy qiymatiga nisbatan qancha summa qoʻshib toʻlanishi kerakligi, yakuniy qiymati qancha boʻlishi xususidagi maʼlumotlar boʻlishi shartligi; (b) moliyaviy xizmatlar reklamasi yoki ular haqidagi reklama tarzidagi axborot, agar tegishli shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlash mumkin boʻlmasa, reklama qilinayotgan xizmatlarning kelgusidagi samaradorligi kafolatlari yoki vaʼdalariga ega boʻlmasligi. V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat 13. Davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 14. Ichki ishlar vazirligi 2026-yil 1-dekabrga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda shaxsga doir maʼlumot hisoblanadigan aniq axborot (axborotlar majmui) roʻyxatini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 15. Mazkur qarorning 2-bandida belgilangan qoidani tegishli qonunchilik hujjatlari va idoraviy koʻrsatmalar qabul qilinishini kutmasdan mazkur qaror normalari kuchga kirgan paytdan eʼtiboran soʻzsiz va toʻgʻridan toʻgʻri amalda qoʻllash taʼminlansin. 16. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin. 18. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2026-yil 15-iyul, PQ-265-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-iyuldagi PQ-265-son qaroriga 1-ILOVA Birlamchi maʼlumotlar oʻzgarganda avtomatik tarzda oʻzgartirish kiritiladigan maʼlumotlar ROʻYXATI
Izoh. Mazkur roʻyxatning 1 — 3-bandlaridagi maʼlumotlar axborot tizimida oʻzgaradi va bu kelgusida shaxsni ushbu hujjatlarni qayta rasmiylashtirish majburiyatidan ozod etmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-iyuldagi PQ-265-son qaroriga 2-ILOVA Davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyicha CHORA-TADBIRLAR REJASI
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 07/26/265/0740-son) |
Постановление Президента Республики Узбекистан О мерах по совершенствованию оказываемых населению государственных услуг и созданию дополнительных удобств для граждан В целях обеспечения приоритета прав человека в Новом Узбекистане на основе принципа «во имя человека», сокращения излишней волокиты для граждан и создания для них дополнительных удобств путем дальнейшего улучшения оказания государственных услуг постановляю: I. Совершенствование порядка оформления имущественных прав 1. Одобрить предложения Министерства юстиции и Агентства по кадастру о внедрении с 1 января 2027 года: (а) системы взимания платы за государственную регистрацию прав на недвижимое имущество по повышенным ставкам исходя из срока просрочки, без применения мер административной ответственности, в случаях выявления фактов несвоевременного обращения правообладателя в регистрирующий орган; (б) исчисления срока, установленного для освобождения от налогообложения дохода, полученного от продажи жилья, принадлежащего налогоплательщику на праве частной собственности, если оно получено в порядке наследования или в качестве дарения от близкого родственника, — начиная с даты государственной регистрации права собственности завещателя или дарителя на данное жилье. 2. Установить, что допускается регистрация по месту жительства и пребывания в жилье, на которое наложен запрет или арест, без согласия залогодержателя. При этом регистрируемое лицо должно заблаговременно дать согласие на аннулирование своей регистрации на основании обращения собственника (залогодержателя, органа, ответственного за наложение или снятие запрета) в органы внутренних дел. II. Повышение доступности электронных государственных услуг и создание дополнительных удобств для граждан 3. Внедрить с 1 октября 2026 года на Едином портале интерактивных государственных услуг (далее — Единый портал) следующие услуги: (а) наложение или снятие физическими и юридическими лицами запрета на залог или ипотеку, а также на отчуждение объектов недвижимости и автомототранспортных средств, принадлежащих им на праве собственности. При этом наложение запрета осуществляется физическими лицами с прохождением идентификации посредством Face-ID, а юридическими лицами — на основании решения общего собрания их учредителей (участников, акционеров) посредством электронной цифровой подписи; (б) получение информации о телефонных номерах и банковских картах, оформленных на имя граждан и используемых ими, с созданием следующих возможностей управления данным процессом: (i) подача заявлений о переводе телефонного номера в неактивное состояние на определенный срок (активация) и прекращении обслуживания неиспользуемых телефонных номеров; (ii) получение информации о платных услугах, подключенных к телефонному номеру; (iii) направление эмитенту заявлений о блокировке (закрытии) банковских карт; (в) автоматическое информирование гражданина через Единый портал при оформлении на его имя нового нотариального действия и ведение их учета. 4. Министерству цифровых технологий совместно с Министерством юстиции и коммерческими банками до 1 сентября 2026 года внедрить на Едином портале возможность открытия по выбору виртуальной платежной карты коммерческих банков, предлагающих свои услуги гражданам, привязки собственной банковской пластиковой карты, осуществления платежей за государственные услуги через данные карты, а также автоматического возврата на свою карту излишне или ошибочно уплаченных средств либо платежей за просрочку (необоснованный отказ) в оказании государственной услуги. 5. Установить, что с граждан не взимаются комиссионные сборы за открытие на Едином портале виртуальной платежной карты, пополнение ее с использованием инфраструктуры соответствующих коммерческих банков и перевод денежных средств с виртуальной платежной карты на принадлежащие им банковские пластиковые карты. 6. Освободить несовершеннолетних лиц от уплаты государственной пошлины при обращении в суды по самостоятельному осуществлению своих прав. 7. Министерству юстиции совместно с Детским омбудсманом и Национальным агентством социальной защиты в двухмесячный срок внести в Кабинет Министров проект закона, предусматривающий освобождение несовершеннолетних лиц от уплаты государственной пошлины по искам, возникающим в связи с самостоятельным осуществлением ими своих прав. III. Расширение оказания проактивных государственных услуг 8. С 1 октября 2026 года внедряется практика автоматического внесения изменений в данные в информационных системах государственных органов, отображающих первичные данные физического лица, такие как фамилия, имя, отчество, дата рождения, путем межведомственного электронного взаимодействия, при изменении таких данных. При этом: (а) орган юстиции, изменивший первичные данные, предоставляет уведомления государственным органам, работающим с этими данными, через платформу межведомственной интеграции системы «Электронное правительство» и вносит изменения в соответствующие документы в электронной форме без представления гражданами дополнительных заявлений; (б) физическому лицу через Единый портал предоставляется справка об изменении его первичных данных в режиме реального времени; (в) на основании справки об изменении первичных данных физического лица документы, удостоверяющие личность, переоформляются. 9. Утвердить Перечень данных, в которые автоматически вносятся изменения при изменении первичных данных, согласно приложению № 1*. 10. Министерству юстиции совместно с Центральным банком, Министерством внутренних дел и Агентством по кадастру до 1 ноября 2026 года наладить снятие в проактивной форме запрета, наложенных на объекты недвижимости и автомототранспортные средства, при полном погашении кредитов. IV. Регулирование отношений в сфере рекламы 11. Установить порядок, в соответствии с которым в целях усиления защиты прав граждан касательно рекламных звонков и уведомлений начиная с 1 ноября 2026 года: (а) любые юридические и физические лица, предлагающие (рекламирующие) товары (работы, услуги) посредством SMS-уведомлений через средства мобильной связи, осуществляют данные действия (рекламу) только после получения письменного или электронного согласия лица; (б) юридическим лицам, оказывающим услуги по рассылке рекламных звонков и SMS-уведомлений на средства мобильной связи, разрешается оказывать соответствующие услуги только после регистрации своих информационных систем в Государственном реестре баз персональных данных; (в) запрещается распространение рекламных звонков и уведомлений через телекоммуникационные сети (мобильная связь) в период с 18.00 до 09.00; (г) на операторов мобильной связи возлагается обязанность по полной или частичной блокировке распространяемых ими рекламных звонков и уведомлений по запросу абонента; (д) несоблюдение требований, установленных в настоящем пункте, признается нарушением законодательства о рекламе и о персональных данных и является основанием для принятия соответствующих мер. 12. Комитету по развитию конкуренции и защите прав потребителей совместно с Центральным банком, а также заинтересованными министерствами и ведомствами до 1 сентября 2026 года внести в Кабинет Министров проект нормативно-правового акта, предусматривающий: (а) обязательное включение в любой рекламе, касающейся кредитов, рассрочки, продажи в кредит («насия савдо») для физических лиц, информации о сумме переплаты по отношению к текущей стоимости товара (работы, услуги) и о его конечной стоимости; (б) реклама финансовых услуг или информация рекламного характера о них не должна содержать гарантий или обещаний будущей эффективности рекламируемых услуг, если ее невозможно определить на момент заключения соответствующего договора. V. Организация, обеспечение и контроль исполнения постановления 13. Утвердить План мер по совершенствованию государственных услуг и созданию дополнительных удобств для граждан согласно приложению № 2*. * Приложения приводятся на узбекском языке. 14. Министерству внутренних дел в срок до 1 декабря 2026 года разработать и утвердить в установленном порядке с учетом изучения передового зарубежного опыта перечень конкретной информации (свод информации), являющейся персональными данными. 15. Обеспечить безусловное и прямое практическое применение правила, установленного в пункте 2 настоящего постановления, с момента вступления в силу норм настоящего постановления, не дожидаясь принятия соответствующих актов законодательства и ведомственных указаний. 16. Министерству юстиции совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в трехмесячный срок внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в акты законодательства, вытекающих из настоящего постановления. 17. Возложить на заместителя Премьер-министра Д.А. Кучкарова и министра юстиции А.Д. Ташкулова персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего постановления. 18. Обсуждение хода исполнения настоящего постановления, осуществление координации и контроля за деятельностью ведомств, ответственных за его исполнение, возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 15 июля 2026 г., № ПП-265 (Национальная база данных законодательства, 15.07.2026 г., № 07/26/265/0740) |