Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2018 01.12.1998 yildagi 506-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.03.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOJIKISTON RESPUBLIKASI YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli “Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqiqlangan tovarlar va yuklarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali noqonuniy olib kelinishini va tranzit qilinishini bartaraf etish, yuk transport vositalarining kirib kelishi va chiqib ketishini, tranziti va harakat qilishini tartibga solish, yoʻl, maishiy xizmat va servis xizmati koʻrsatish tizimini tashkil qilish, shuningdek avtotransport vositalari harakati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish Bekobod, Andarxon, Panjikent, Uzun, Gʻishtkoʻprik, Olot, Xoʻjayli, Xoʻjaobod nazorat-oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toʻlov bevosita bojxona postlaridagi bank boʻlimlari tomonidan undiriladi va olingan mablagʻlar AQSh dollarida Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl jamgʻarmasining valyuta schyotiga oʻtkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-sentabrdagi 429-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Tojikiston Respublikasi avtotransport vositalaridan yigʻimlar toʻlovchilar tomonidan bevosita bojxona postlaridagi tijorat banklari boʻlimlari orqali erkin muomaladagi valyutada toʻlanadi, olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 52-son, 523-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tranzit bilan oʻtayotganda bir avtotransport vositasi uchun 200 EKYu miqdorida yoxud toʻlov kunidagi ekvivalentdagi erkin almashtiriladigan valyutada bojxona yigʻimlari undirilgan holda aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning majburiy bojxona kuzatuvi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona kuzatuvi uchun yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha soʻmlarda undiriladi, bunda erkin almashtiriladigan valyuta bank boʻlimlarida almashtirilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasining 4-moddasiga muvofiq MDP daftarchasi (MDP konvensiyasi)ni qoʻllagan holda oʻtib ketayotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona kuzatuvi yigʻimlar undirilmasdan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) respublika hududi orqali kelayotgan tranzit transport vositalari kirib kelgan kundan boshlab koʻpi bilan uch sutka mobaynida ularning chiqib ketishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona jihatidan rasmiylashtirilmagan yukli avtotransport vositalari aniqlangan hollarda ular bojxona qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻrish uchun eng yaqin oradagi bojxona organiga topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasi yuk transport vositalarining kirib kelishi, chiqib ketishi va tranziti hamda harakat qilishining qabul qilingan tartibi toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar bilan Tojikiston Respublikasi elchixonasiga xabar bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 1-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
506-son