Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2019 08.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 470
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat bojxona

qoʻmitasining Raisi

KOMILOV U.T.

31.07.1998-y.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 470]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 01-02/12-51-sonli “Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 470-4, 20.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq ishlab chiqilib, tovarlarni, transport vositalarini, yoʻlovchilarni, ularning qoʻl yuklarini, bagajini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida olib oʻtilayotgan valyuta va xalqaro pochta joʻnatmalarini bojxona rasmiylashtiruvi joylarida bojxona nazorati zonasini tashkil etish va uni faoliyati tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tartibda foydalaniladigan asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratini oʻtkazish maqsadida shaxslar, tovarlar va transport vositalarining harakatlanishi uchun alohida rejimda saqlanishi zarur boʻlgan, bojxona organi tomonidan tashkil qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududining maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati zonasida ishlab chiqarish va boshqa tijorat faoliyati — bojxona organining funksiyalarini bajarishga toʻsqinlik qilmaydigan, bojxona organining ruxsati hamda nazorati ostida bojxona nazorati zonasida amalga oshiriladigan davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati zonasi rejimi — bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning hududida bojxona organi tomonidan belgilanadigan shaxslar, tovarlar va transport vositalarining harakatlanishi, shuningdek, ishlab chiqarish va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazish punkti — xalqaro aloqalar uchun ochiq boʻlgan bojxona chegarasida joylashgan temir yoʻl va avtomobil oʻtish joylari, dengiz va daryo portlari, aeroportlar va aerodromlar hududi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali shaxslar, tovarlar, transport vositalarining bojxona va boshqa nazorat turlari amalga oshiriladigan hamda oʻtkaziladigan maxsus jihozlangan boshqa joy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish joylari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonalari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi boʻylab, bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan joylarda, bojxona organlari faoliyati zonasida va bojxona organlari belgilagan boshqa joylarda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonasi muayyan joylardan tashqarida bojxona rasmiylashtiruvi va nazorat qilish davri uchun belgilanishi mumkin. Mazkur holatlardagi cheklovlarni ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun tayinlangan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonalari mazkur tashkil etilayotgan bojxona nazorati zonasi joylashgan hududdagi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi (ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi) rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning buyrugʻiga asosan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruqda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etishning asosi va maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati zonasining chegarasi hamda uni shaxslar, tovarlar va transport vositalari tomonidan kesib oʻtish joylari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati zonasi chegarasini belgilash uchun foydalaniladigan vositalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati zonasi tashkil etiladigan vaqt (vaqtincha bojxona nazorati zonasi tashkil etilganda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruq ilovasida bojxona nazorati zonasining chegarasi va hududlarining chizma yoki xaritalar koʻrinishidagi grafik tasviri boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 523-son qaroriga muvofiq bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyati uchun litsenziya mavjud boʻlganda, bojxona nazorati zonasini tashkil etish boʻyicha buyruq talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni bir vaqtning oʻzida bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati joyi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bojxona nazorati zonalarining chegaralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonalarining doiralari fizik-geografik va mahalliy sharoitlarni, tashqi iqtisodiy va xoʻjalik faoliyatining xususiyati hamda jadalligini, shuningdek unda belgilangan rejimni saqlab turishga bevosita taʼsir koʻrsatadigan boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Bojxona nazorati zonalari tegishli belgilar bilan qoʻyiladi. Bojxona nazorati zonasining maydoni barcha majburiy bojxona tartib-taomillari toʻliq hajmda bajarilishi uchun yetarli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonalari doiralarida bojxona organlari tomonidan jismoniy shaxslarning, tovarlarning va transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari belgilanadi. Zarur boʻlgan hollarda, yoʻnalishlar chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari va hududida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari oʻz vazifalarini bajarayotgan tashkilot maʼmuriyati bilan kelishiladi. Yoʻnalishlar oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi bir xil koʻrinishdagi koʻrsatkichlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shaxslar va transport vositalari haydovchilarining bojxona nazorati zonalarini kesib oʻtishdagi majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonasining chegarasini kesib oʻtayotgan va uning hududida harakatlanayotgan shaxslar va transport vositalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda toʻxtashi va faqat ularning ruxsatlari bilan harakatni davom ettirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha olib oʻtishi, bojxona organi mansabdor shaxslarining ruxsatisiz ushbu yoʻnalishlardan chetga chiqishga yoʻl qoʻymasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga koʻra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bojxona nazorati zonasi rejimini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organining ruxsatisiz shaxslar, tovarlar va transport vositalarining bojxona organlari belgilab bergan yoʻnalishlardan tashqari harakatlanishi, bojxona nazorati zonasi rejimini buzish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonasi rejimini buzganlik uchun aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227-moddasiga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bojxona nazorati hududida bojxona organlarining huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib oʻtishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib oʻtayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona rasmiylashtiruvi joylarida bojxona nazorati zonasini va bojxona organlari joylashuvi hamda ularning rejimini belgilash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, bojxona organlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonasini tashkil etish haqidagi buyruq quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organining joylashuvi oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazish punkti yopilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazorati ostida saqlanayotgan tovar va transport vositalarining saqlash joyi oʻzgarganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqning bekor qilinishi uning tugatilishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazorati zonasi tugatilganidan soʻng, bojxona organlari tomonidan zonani belgilovchi vositalarni olib tashlash va manfaatdor shaxslarni zona tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtincha bojxona nazorati zonasi, uni tashkil etilishiga sabab boʻlgan tadbirlar yakunlanganidan yoki vaqtincha bojxona nazorati zonasini tashkil etish boʻyicha buyruqda belgilangan muddat tugagandan soʻng tugatiladi.