Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.05.1998 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT REJIMINI KUChAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizom”ni amalga kiritish haqida” 1994-yil 24-dekabrdagi Farmoni va shu asosda chiqarilgan Hukumat qarorlarining ijrosini tekshirish bu borada joylarda hokimliklar va bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi idoralar faoliyatida jiddiy nuqsonlarga yoʻl qoʻyilayotganini koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining masʼuliyatsizligi oqibatida, bir qator shahar va tumanlarda pasportlarni berish va almashtirish ishlarini amalga oshiruvchi komissiyalar deyarli faoliyat koʻrsatmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida aholiga pasport topshirish koʻrsatkichlarini koʻpaytirib koʻrsatish, Toshkent shahri, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ichki ishlar idoralarining xodimlari tomonidan qonunsiz ravishda pasport berish holatlari oʻrin olgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joylarda pasport rejimini taʼminlash hamda xorijiy fuqarolarning Oʻzbekistonga kelishi, yashashi va chiqib ketishi haqidagi qonunlarga rioya etilishi yetarli darajada tashkil etilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq va moliya idoralari pasportlar va maʼmuriy jarimalardan davlat budjetiga tushadigan mablagʻlar yuzasidan nazorat olib bormagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada pasport islohotini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan keskin choralar koʻrish, pasportlarni berish va almashtirish ishlarini amalga oshiruvchi komissiyalarning faoliyatini jadallashtirish maqsadida pasport tizimlarining moddiy-texnik taʼminot darajasini yaxshilash choralarini koʻrish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. A. Almatov) ikki hafta muddatda Respublika hududida pasport rejimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar ishlab chiqsin, mansabini suiisteʼmol qilgan xodimlarning javobgarligini hal etib, pasport tizimi xodimlari orasida intizom va qonunchilikka rioya qilishni mustahkamlash yuzasidan choralar belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga (B. M. Mustafoyev) pasport islohotini amalga oshirish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, bu sohada qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan qatʼiy choralar koʻrish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika Davlat soliq qoʻmitasi (V. S. Beganov) va Moliya vazirligi (J. B. Sayfiddinov) pasportlardan tushadigan toʻlovlar hamda maʼmuriy jarimalarning toʻla miqdorda va oʻz vaqtida davlat budjetiga tushishi yuzasidan nazorat oʻrnatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 27-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
230-son