Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHRINING ESKI ShAHAR QISMINI QAYTA QURISh VA OBOD QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toshkent shahrining eski shahar qismini qayta qurish va obod qilishni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi 1994-1995-yillarda:
Sagʻbon, Qorasaroy, Forobiy, Chimboy—Chigʻatoy, Bobojonov koʻchalarida barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalarini oʻrnatgan holda qayta qurish va kengaytirish ishlarini bajarsin;
eskirgan hamda yashash uchun yaroqsiz uy-joylardan boʻshagan qayta qurish tegrasidagi yer maydonlarida ikki-uch qavatli uylar, ijtimoiy infrastruktura obyektlari, guzarlar — mahalla markazlari qurilishini taʼminlasin;
1-ilova* boʻyicha aniq manzilli roʻyxatga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan koʻchalarni qayta qurish va kengaytirish tegrasidagi buzilishi kerak boʻlgan uylarda yashovchi aholini koʻchirish uchun yangi uy-joylar qurilishini amalga oshirsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Toshkent shahar hokimligining Kapital qurilish bosh boshqarmasi Toshkent shahrining eski shahar qismini qayta qurish va obod qilish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
3. Toshkent qurilish bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Turar joy va jamoat binolarini namunaviy va eksperimental loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, “Oʻztuzatishyoʻlloyiha” institutlari tegishli ravishda Qorasaroy va Bobojonov, Forobiy, Chimboy—Chigʻatoy, Sagʻbon koʻchalarini qayta qurish va obod qilish boʻyicha;
Toshkent shahrini qayta qurish va obodonlashtirish davlat loyihalash instituti uy-joy hamda ijtimoiy infrastruktura obyektlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini 1994-yilning IV choragida topshirsinlar.
4. Quyidagilar bosh pudratchilar etib belgilansin:
Bobojonov koʻchasini qayta qurish boʻyicha — Toshkent shahar hokimligi;
Qorasaroy koʻchasini qayta qurish boʻyicha — “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi;
Sagʻbon koʻchasini qayta qurish boʻyicha — “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni;
Forobiy koʻchasining birinchi uchastkasini qayta qurish boʻyicha — “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni;
Forobiy koʻchasining ikkinchi uchastkasini va Chimboy — Chigʻatoy koʻchasini qayta qurish boʻyicha — “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi;
uy-joy va ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlarni qurish boʻyicha — “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi.
5. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi 1994-1995-yillar, Sagʻbon, Qorasaroy, Forobiy, Chimboy—Chigʻatoy koʻchalarida trolleybus liniyalari hamda hisoblab chiqilgan quvvatlarga muvofiq podstansiyalar qurilishini taʼminlasin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yilning IV choragidan boshlab har yili xarajatlar qiymatining 50 foizi va Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjetdan 50 foiz hajmida markazlashtirilgan mablagʻlar ajratadilar.
7. Belgilangan ishlarning bajarilishini tezlashtirish maqsadida mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarga loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar amalda bajarilgan ishlar hajmi boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
8. “Oʻzjamgʻarmabank”, “Oʻzsanoatqurilishbank” va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklari Toshkent shahrining eski shahar qismidagi qayta qurish tegralaridan koʻchirilishi kerak boʻlgan aholiga yakka tartibda uy-joy qurish uchun kredit resurslari ajratishni nazarda tutsinlar.
9. Paydo boʻladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun Toshkent shahrining eski shahar qismini qayta qurish va obod qilish ishlarining borishini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qilib boruvchi respublika komissiyasi 2-ilovadagi* tarkibda tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-noyabr,
563-son