Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2021 21.02.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 898
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining Namunaviy nizomi, 21.02.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 898
Дата вступления в силу
21.02.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Bosh arxiv boshqarmasining

2000-yil 11-fevraldagi
4-son buyrugʻi bilan

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Oʻzbosharxiv yigʻilishining
1998-yil 27-oktabrdagi 3-son
bayonnomasi bilan

“MAʼQULLANGAN”

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 21-fevralda 898-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 317-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 898-3, 11.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnikaviy, kino, foto, fono va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan tashkilot, muassasa,korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun doimiy faoliyat yurituvchi komissiya tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Markaziy Ekspert Komissiyasi maslahat organi hisoblanadi. MEK qarorlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanib va zarur holatlarda tegishli davlat arxivi tomonidan kelishilgandan soʻng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Markaziy ekspert komissiyasi tashkilot rahbarining buyrugʻiga binoan asosiy tarkibiy boʻlinmalarning yuqori malakali mutaxassislaridan, rahbar xodimlardan biri raisligida tayinlanadi. Komissiya tarkibiga tashkilot arxivi mudiri va tegishli arxiv muassasasining vakili majburiy tartibda kiritiladi. Markaziy ekspert komissiyasi tarkibiga quyi korxona va tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4 MEK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2008-yil 9-apreldagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 898-1, 23.04.2008-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 141-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. Tashkilot tomonidan ushbu Namunaviy Nizomga muvofiq MEK Nizomi ishlab chiqiladi, tegishli arxiv muassasasi bilan kelishilgan holda rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. MARKAZIY EKSPERT KOMISSIYASINING FUNKSIYALARI.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy Ekspert komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Tashkilot va quyi korxona va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari tarkibini optimallashtirish masalalari boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Davlat arxivlarining jamlash manbai va jamlash manbai boʻlmagan tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmalari va unga boʻysunuvchi tashkilotlar roʻyxati, ularning ish yuritish yoʻriqnomalari loyihasi, davlat arxivlariga topshirilishi mumkin boʻlgan hujjatlar roʻyxati, tashkilotlarning va ularning quyi tizimidagi EK toʻgʻrisida nizomlari, hamda ish yuritish hujjatlari boʻyicha meʼyoriy-uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, hujjatlarni qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni arxivda saqlashga tayyorlash ishlarini koʻrib chiqadi va tegishli davlat arxiviga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3.Tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmalari va unga boʻysunuvchi tashkilot va muassasa hujjatlarni qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazish, ish yuritishda (hujjatlarni klassifikatsiyash, yigʻmajildlar nomenklaturasini tuzishda, tashkilotda amaliyot ishlarini joriy qilishda, ish yuritishda hujjatlarni shakllantirish va hujjatlarni arxivda saqlashga tayyorlash) ishlarini tashkilotlarning tegishli davlat arxivlari ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) yoki Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi (METK) koʻrib chiqib, tavsiyalar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmalari va unga boʻysinuvchi tashkilot va muassasa arxiv bilan hamkorlikda ish yuritish xizmatini tartibga keltirish va hujjatlarni saqlash uchun ajratish va hujjatlarini yoʻq qilishda ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqib, Maʼqullash haqida qaror qiladi va tasdiqlashga taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni davlat saqlanishiga topshirish uchun tayyorlash va topshirish reja-jadvallarini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlar va yigʻmajildlar nomenklaturasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish yuritish yoʻriqnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy va uzoq muddatli (10 yildan ortiq) saqlanishi lozim boʻlgan yigʻmajildlar roʻyxatlari, shu jumladan, shaxsiy tarkib hujjatlari yigʻmajildlari roʻyxatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlash muddatlariga ega boʻlgan sohaviy hujjatlarning roʻyxatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy saqlanadigan loyihalar va muammoli (mavzu) ilmiy-texnikaviy hujjatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saqlash muddati tugagan va yoʻq qilishga ajratilgan hujjatlarning dalolatnomalari tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmalari va unga boʻysunuvchi tashkilot va muassasaning oʻzida oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmasidagi tashkilot va muassasaning oʻzida yoʻqolgan va qidiruv natijasida topilmagan yigʻmajildlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmasidagi tashkilot va muassasaning oʻzida shikastlangan va tuzatib boʻlmaydigan yigʻmajildlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida qimmatli yigʻmajildlar roʻyxatlari va sugʻurta fondi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmalari va unga boʻysunuvchi tashkilot va muassasaning saqlash muddati tugagan yigʻmajildlarni mustaqil yoʻq qilishga ajratish dalolatnomasi oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqib,tasdiqlangan doimiy va uzoq muddat saqlanadigan xronologik davrga muvofiq yigʻmajildlar roʻyxatlarini tegishli arxiv muassasasi bilan kelishilgan holda EK aʼzolari qarori qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.7. Tashkilot, uning tarkibiy boʻlinmalari va unga boʻysunuvchi tashkilot va muassasaning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlari tarkibini takomillashtirish yuzasidan takliflar koʻrib chiqadi, hujjatlar saqlov muddatlari koʻrsatilgan amaldagi roʻyxatda ayrim saqlov muddatlariga oʻzgartirish kiritilgan alohida hujjatlar yuzasidan takliflar beradi va tegishli arxivga koʻrib chiqishga taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.8. Ekspert komissiyalarining ishlarini uslubiy boshqarishni va nazoratini amalga oshiradi. Yigʻilishlarida ekspert komissiyalarining faoliyatini tekshirish natijalarini, komissiyalar raislari maʼruzalari va xabarlarini eshitib boradi .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.9. Tashkilot va quyi korxona va tashkilotlarda ish yuritish, arxiv xizmati, Ekspert Komissiyasi aʼzolariga instruktaj olib borish, ish yuzasidan maslahatlar berish, malakalarini muntazam oshirib borish tadbirlarni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.10. Jamlash manbai hisoblanmagan tashkilot va quyi korxona va tashkilotlarda yigʻmajildlar nomenklaturasini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va kelishish, tashkilotlarda hujjatlarni hisobini olib borish va saqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar boʻyicha amaliy-uslubiy yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. MARKAZIY EKSPERT KOMISSIYASINING HUQUQLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy Ekspert Komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Jamlash manbai hisoblangan tashkilot va quyi korxona va tashkilotlarda ish yuritishini olib borish, hujjatlarni qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va idoraviy saqlovga topshirish uchun tayyorlash boʻyicha koʻrsatmalar berish, shuningdek doimiy va uzoq muddatli yigʻmajildlar roʻyxatlarini koʻrib chiqish, yetishmayotgan hujjatlarni sabablarini yozma tushuntirish xatini oʻrnatilgan tartibda talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari, ish yuritish xizmati, quyi korxona va tashkilotlarning arxiv rahbarlarining hujjatlarini rasmiylashtirish sifati va yigʻmajildlarni shakllantirish, doimiy va uzoq muddatli hujjatlarni hisobga olish va saqlash toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari va uning quyi korxona va tashkilotlaridan hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash uchun zarur boʻlgan xulosalar va boshqa materiallarni soʻrab olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. MEK yigʻilishlariga tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari va uning tizimidagi tashkilotlari mutaxassislarini maslahatchi va ekspert sifatida, zarurat boʻlganda tegishli arxiv muassasalari xodimlarini taklif etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Quyi korxona va tashkilotlarning ish yuritish va arxivlar holatini tekshirish va jamoaviy koʻriklarni oʻtkazishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Tashkilot rahbariyatini Markaziy Ekspert komissiyasi EK faoliyatidan muntazam xabardor etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. MARKAZIY EKSPERT KOMISSIYASI IShINI TAShKIL ETISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Markaziy ekspert komissiyasi oʻz faoliyatini tegishli davlat arxivining Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi bilan bevosita hamkorlikda olib boradi va tegishli davlat arxividan kerakli tashkiliy-uslubiy koʻrsatmalar oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Markaziy Ekspert Komissiyasi oʻz ishini tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boradi va rahbariyatga oʻz ish faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Markaziy Ekspert Komissiyasi faoliyati va uning vakolat doirasiga tegishli masalalar uning yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi, ular zarur boʻlganda yiliga kamida 2-martadan kam boʻlmagan xolda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. MEKning qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. MEK yigʻilishlari bayonnoma orqali rasmiylashtirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.5. MEK ishini olib borish va uning hujjatlarini saqlash komissiya kotibiga yuklatiladi.