Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.1997 25.08.1994 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.1997
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PAXTA TOLASI RESURSLARIDAN KOMPLEKS FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-apreldagi 203-sonli “Paxtani qayta ishlovchi korxonalarni qurishga doir takliflarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, respublikaning bir qator hududlarida paxtani qayta ishlash korxonalari zarur darajada texnik-iqtisodiy asoslashlarsiz, paxta tolasini puxta qayta ishlashga, ilgʻor texnologiyalarni qoʻllanishga, respublikaning eksport potensialini oshirishga yoʻnaltirilgan qurilishlarning kompleksliligini taʼminlamasdan barpo etilmoqda. Umuman respublika boʻyicha paxta tolasi balansini zaruriy hisobga olishga rioya qilinmayapti. Bu koʻp jihatdan koʻrsatib oʻtilgan masalalarni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan bosh tashkilotning yoʻqligi bilan bogʻliqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oqibat natijada bu respublikaning eng muhim boyligi boʻlgan paxta tolasidan foydalanish samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasidan foydalanishda zaruriy muvofiqlashtirishni va balanslanganlikni taʼminlash, uni qayta ishlashning kompleksliligini va puxtaligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Paxtani qayta ishlash sanoatida yagona texnika va texnologiya siyosatini oʻtkazish, paxta tolasini qayta ishlashning kompleksliligini va puxtaligini taʼminlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, paxtani qayta ishlash korxonalari qurilishi loyihalarini mustaqil ekspertizadan oʻtkazishni amalga oshirish boʻyicha bosh tashkilot vazifasi “Oʻzmashsanoat” uyushmasining “Oʻzengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI)ga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI)ga, barpo etilayotgan korxonaning mulkchilikning shaklidan yoki idoraviy boʻysunishidan, shuningdek, mablagʻ bilan taʼminlanish, manbalaridan qatʼi nazar, paxtani qayta ishlash korxonalarini qurish, qayta qurish, texnika bilan qayta jihozlash masalalari boʻyicha kompleks xulosalarni ularning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda koʻrib chiqish va berishni amalga oshirish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazirning Birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov, Bosh vazir oʻrinbosarlari Y.F.Paygin, B.S.Hamidov oʻrtoqlar “Oʻzengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI) tuzilmasida tegishli boʻlinmalarni tashkil etish va mustahkamlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni hal etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqish va nazorat qilish boʻyicha maxsus Komissiya ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaga quyidagilar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini ishlab chiqarish va taqsimlash, shu jumladan, MDH mamlakatlariga hamda eksportga chiqarish balanslarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini qayta ishlash korxonalarini joylashtirish masalalarini koʻrib chiqish, shuningdek, bosh tashkilot — “Oʻzengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI) xulosalari asosida ruxsatnomalar berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini qayta ishlash korxonalarini qurish faqat koʻrsatib oʻtilgan Komissiya ruxsati bilan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini qayta ishlash obyektlarini qurish va qayta qurishni banklar tomonidan mablagʻ bilan taʼminlash yuqorida qayd etilgan Komissiyaning ruxsatnomasi hamda obyektni yuqorida qayd etilgan Komissiyaning ruxsatnomasi hamda obyektni qurishning (qayta qurish yoki texnika bilan qayta jihozlashning) texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqliligi toʻgʻrisida bosh tashkilot — “Oʻzengsanloyiha” (4-DLI) tomonidan beriladigan xulosa mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartib buzilgan taqdirda loyihalash, qurish boʻyicha barcha xarajatlar, shuningdek, tuzilgan shartnomalar boʻyicha jarima sanksiyalari shaxsan mazkur korxonalarni qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxslardan undirib olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzengsanloyiha” loyihalash instituti (4-DLI) manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda, xomashyodan kompleks foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali band etish, respublikaning eksport potensialini oshirish vazifalaridan kelib chiqqan holda, respublikada paxtani puxta qayta ishlashning butun texnologik siklini qamrab oluvchi korxonalarni joylashtirish, loyihalash va qurish ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M.Mutalov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori B.M.Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 25-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
435-son